“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 05:32
ЎЗO‘Z

«Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida

18 apr, 08:00 1 739 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida
O‘tgan yili Toshkentdagi «Navro‘z» qabullar uyi rekonstruksiya qilinib, bu yerda xususiylashtirish markazi ochilishi haqida prezidentga taqdimot qilingan edi. Shundan so‘ng ta’mirlana boshlagan bino bir necha kun oldin kutilmaganda buzib tashlandi.
Qurilish vaziri Botir Zokirov 17 aprel kungi matbuot anjumanida Kun.uz muxbirining shu haqdagi savoliga javoban masalaga izoh berdi.

«Birinchidan, bino anchadan buyon ishlatilmayapti. Men shaxsan o‘zim uni 3-4 yoki 5 marta ta’mirlatganman. Mutaxassis sifatida aytaman, bino qurilish jihatdan ham, ma’naviy jihatdan ham eskirgan. Hozir bunday katta «to‘yxona» kerak ham emas.
Aslida yaxshi niyat bilan o‘tgan yili shahar hokimligi bu binoni yosh tadbirkorlarga markaz qilib beramiz, degan taklif bilan chiqdi. Ruxsat ham olishdi va qurilish boshlandi.

Bizning tartib bo‘yicha binoni ta’mirlashdan oldin texnik ko‘rik o‘tkaziladi. Bularning bitta aybi – texnik ko‘rikni bino ta’miri bilan parallel ravishda boshlagani. Sezgan bo‘lsangiz, bino ta’miri ish ketayotgan vaqtda birdan to‘xtatildi. Buning sababi – quruvchilarimiz katta zalning o‘ng tomonida shiftni ochishganida, yuqorida jiddiy o‘zgarish ro‘y berganini sezib qolishgan.

Shundan keyin biz yana mutaxassis yubordik. Ochilib qolgan kichik bir joydan necha yildan beri poydevor ostiga suv ketgani ma’lum bo‘ldi. Buning oqibatida o‘ng tomonda uchta kolonna jiddiy zarar ko‘rgani aniqlandi. Yerto‘laga tushganimizda tuproqning salkam 70 sm.ga cho‘kkaniga guvoh bo‘ldik. Binoni ushlab turishi lozim bo‘lgan qism, u quruvchilarda «stakan» deyiladi, aksincha binoga osilib turibdi. Bino monolit qilingani uchun uchta «kolonna»ning cho‘kkani ham bilinmagan. Agar shift ochilmaganida, buni hech kim bilmasdi
», – dedi Botir Zokirov.

Vazirga ko‘ra, haqiqiy ahvolni ko‘rgandan keyin hammaning kayfiyati buzilgan. Bu voqeadan keyin binoni baribir olib tashlash kerak ekan, degan xulosaga kelingan.
Soha rahbari misol tariqasida Ichki ishlar vazirligi binosining bir necha yil avval poydevor osti qismiga yomg‘ir suv ketib, cho‘kish va qiyshayish ro‘y berganini ham gapirib berdi.
«IIV binosi poydevori monolit bo‘lgani uchun, uning ostiga podval qismidan svay qoqib, poydevor cho‘kishi va bino fasadi qiyshayishini bartaraf eta oldik. «Navro‘z» qabullar uyida esa bunday qilib bo‘lmasdi. Chunki bu to‘yxonada ustunlar chiqqan poydevorlar lentali emas, stakan ko‘rinishida. Stakanlar ostidagi tuproqlar qariyb 1 metrgacha cho‘kib, ustun binoni ko‘tarish o‘rniga, ustun binoga osilib turgan edi.
Albatta, bu narsa ta’mirlanish jarayonida aniq bo‘ldi. Aslida ta’mir boshlanmasidan oldin shunday texnik ko‘rik bo‘lishi kerak edi. Lekin bino ishlatib kelingani, tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lgani uchun uncha e’tibor qilinmagan.
Kutubxona bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tmoqchiman: uni ham prezident oldida taqdimot qilganmiz. Uni qayta ko‘rishingiz mumkin, televideniye orqali berilgan. Taqdimotdan ko‘rish mumkin, kutubxona joyi u yerda bo‘lmagan, pastroqda ko‘rsatilgan belgilangan. Chunki pastroqda ochiq joy bo‘lgani uchun qo‘yilgan. Shu aslida holat
», – dedi qurilish vaziri Botir Zokirov.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda? 11 apr, 22:44
  • Toshkentda qulagan bino bo‘yicha Qurilish vazirligi munosabat bildirdi 31 mar, 16:36
  • «Bu yerda korrupsion sxema bo‘lgan». Qurilish vaziri Jizzaxda qulagan ko‘p qavatli bino haqida 15 yanv, 07:00
  • 2 qavatdan yuqori shaxsiy uylar qurilishida qurilish inspeksiyasi nazorati o‘rnatiladi 28 noya, 08:31
  • Toshkentda balandligi 266,5 metr bo‘lgan 51 qavatli osmono‘par bino quriladi 29 avg, 20:30
  • Toshkentda yana yong‘in sodir bo‘ldi 05 mar, 17:01
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikistonda toshqin oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video) 14 мая, 00:13 353
  • Rasmiy xabar: Ektor Kuper - Kongo DR termasi bosh murabbiyi! 13 мая, 23:49 380
  • Putin: MDH mamlakatlarida rus tili yetarlicha o‘qitilmayapti 13 мая, 23:44 467
  • Britaniyalik olimlar: pushti ichimliklar sport natijalariga ta’sir ko‘rsatadi 13 мая, 23:14 459
  • Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi 13 мая, 22:51 694
  • O‘rgimchak uyasi haqida nimalarni bilamiz? 13 мая, 22:30 878
  • Benamoz yigit bilan suhbat 13 мая, 22:00 1 054
  • Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz? 13 мая, 21:23 898
  • “The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu 13 мая, 20:43 859
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 912
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 879
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 821
  • Bo‘limlar