“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 02:42
ЎЗO‘Z

Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi

17 apr, 23:55 2 979 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi
Foto: TASS
Rossiyada davlat to‘ntarishi va Belarus prezidentini o‘ldirishga uringanligi uchun ikki nafar belaruslik shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya FXX va Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasining birgalikdagi operatsiyasi chog‘ida Belarus va AQSH fuqaroligiga ega Yuriy Zyankovich va Belarus fuqarosi Aleksandr Feduta qo‘lga olingan.

Ma’lumot berilishicha, ular “rangli inqilob” ssenariysi bo‘yicha harbiy davlat to‘ntarishini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishgan.
"Harbiy to‘ntarishni amalga oshirish uchun 9 mayda Minskda o‘tkaziladigan g‘alaba paradi kuni tanlangan”, deyiladi xabarda.

Rossiya FXXning xabariga ko‘ra, Zyankovich AQSH va Polshada konsultatsiya olganidan so‘ng Moskvaga kelgan va poytaxtdagi restoranlardan birining alohida xonasida Feduta bilan uchrashgan.

Qayd etilishicha, ular davlat to‘ntarishi rejasini batafsil ishlab chiqishgan. Rejaga ko‘ra, prezident lavozimini yo‘q qilish orqali konstitutsion tuzumni o‘zgartirish va mamlakatni “Milliy yarashish qo‘mitasi” orqali boshqarish ko‘zda tutilgan.

"Bunda Zyankovich parlament va huquq tizimi “kuratori” bo‘lishi, Feduta esa siyosiy islohotlar va mafkuraviy ishlar bilan shug‘ullanishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Ularning uchrashuvi hujjatlashtirilganidan so‘ng Rossiya xavfsizlik organi xodimlari Zyankovich va Fedutani qo‘lga olgan hamda belaruslik hamkasblariga topshirgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 75
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 445
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 526
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 159
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 206
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 286
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 43
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 85
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 32
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 39
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 49
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 76
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 153
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 129
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 82
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 75
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 445
  • Bo‘limlar