“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 14:36
ЎЗO‘Z

«Soyuz MS-17» ekipaji 185 kundan keyin Yerga qaytdi

17 apr, 21:18 1 473 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Soyuz MS-17» ekipaji 185 kundan keyin Yerga qaytdi
Foto: EPA
Bortida rossiyalik kosmonavtlar Sergey Rijikov, Sergey Kud-Sverchkov va NASA astronavti Ketlin Rubins bo‘lgan, Xalqaro kosmik stansiyadan (XKS) qaytayotgan «Soyuz MS-17» uchuvchisiz kosmik kemasi Qozog‘istonga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Qo‘nish Qozog‘istonning Jezkazgan shahridan 147 kilometr janubi-sharqda joylashgan hududda amalga oshirildi.
Kosmonavtlar kemadan evakuatsiya qilinganidan keyin shifokorlar dastlabki tekshiruvlarni o‘tkazadi, qondagi kislorod miqdorini, qon bosimini aniqlaydi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Qo‘ngan kemani qidiruv-qutqaruv ishlarida «Moviy qush» amfibiya mashinasi, 12 ta Mi-8MTV5-1 vertolyoti, An-12 va An-26 samolyotlari, bir necha o‘nlab quruqlik texnikalari, 200 dan ortiq harbiylar hamda Markaziy harbiy okrugning qidiruv-qutqaruv guruhi mutaxassislari ishtirok etyapti.

11 aprelga o‘tar kechasi kosmik kema XKSdan ajralib chiqdi, taxminan tonggi soat yettida tormozlash uchun dvigatellar yoqildi va kosmik orbitadan chiqa boshladi.

Rijikov, Sverchkov va Rubinsning XKSga ekspeditsiyasi 2020 yilning 14 oktabrida boshlagan edi. Ekipaj 185 kun koinotda bo‘ldi, shu vaqt ichida bir qator ilmiy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga hamda stansiyani ta’mirlash ishlarini bajarishga, shu jumladan, rus segmentidagi havo sizib chiqishini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Moskva vaqti bilan soat 08:45 da amalga oshirilgan start «Roskosmos»ning YouTube’dagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi. Soat 08:53 da «Soyuz MS-17» raketa tashuvchining uchinchi bo‘g‘inidan ajralgan va maqsadli orbitaga chiqqan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro koinot stansiyasidan uch fazogir Yerga qaytdi 22 okt, 14:14
  • Bugun koinotga uchirilgan “Soyuz” kosmik kemasi halokatga uchradi, ekipaj tirik qoldi 11 okt, 20:20
  • Xalqaro koinot stansiyasidagi uch fazogir Yerga qaytdi 03 sen, 08:13
  • XKS ekipaji Erga qaytdi 10 apr, 20:13
  • Xalqaro fazo stansiyasining elliginchi missiyasi bugun Erga qaytadi 10 apr, 11:40
  • "Soyuz-MS" kemasi ekipajining qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta’minlaydi 08 apr, 12:00
  • So'nggi yangiliklar
  • «Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonalari top-10 ligidan joy oldi 06 мая, 14:04 0
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 111
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 194
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 211
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 278
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 257
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 240
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 468
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 456
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 420
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 354
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 630
  • Bo‘limlar