“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2021, 21:58
ЎЗO‘Z

Makron, Merkel va Zelenskiy Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishga undadi

17 apr, 19:13 1 572 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Makron, Merkel va Zelenskiy Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishga undadi
Foto: Zerkalo.az
Donbassdagi mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaradan olib ketishi kerak. Bu haqda Ukraina va Fransiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Emmanuel Makron hamda Germaniya kansleri Angela Merkel uch tomonlama uchrashuv yakunida ma’lum qildi, deb yozadi «Kommersant’».

«Germaniya kansleri, prezident Makron va prezident Zelenskiy Ukraina—Rossiya chegarasidagi, shuningdek, Ukraina sharqidagi xavfsizlik holatini muhokama qildi. Ular Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlari sonining ko‘payishi hamda noqonuniy anneksiya qilingan Qrim yuzasidan xavotirlarini o‘rtoqlashdi. Davlatlar rahbarlari vaziyat keskinlashuvining oldini olishga erishish uchun ushbu harbiy istehkomlarning qisqarishini talab qildi», — deyiladi Germaniya hukumati bayonotida.

Fransiya prezidenti Parij Kiyev va Berlin bilan birgalikda mintaqada tinchlik yo‘lida barqarorlikka erishishni niyat qilganini ta’kidladi. «Donbassdagi vaziyatga kelsak, Ukraina va Germaniya bilan biz siyosiy yechimga erishish yo‘lida doimiy safarbar va qat’iyatli bo‘lib qolamiz — bu natijaga erishish mumkin bo‘lgan yagona yo‘l», — deb yozgan Makron Twitter’da.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonotda Vladimir Zelenskiy tez orada «Normandiya formatida» (Germaniya, Fransiya, Ukraina, Rossiya) uchrashuv o‘tkazilishiga umid bildirdi. «Men Normandiya to‘rtligining navbatdagi uchrashuvi yaqinlashayotganiga ishonaman. Fikrimcha, buning iloji bor. 19 aprel kuni Normandiya kvarteti maslahatchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bir qator masalalar muhokama qilinadi», — dedi Fransiya prezidenti jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, 16 aprel kuni Vladimir Zelenskiy Parijga uchib ketdi.Yelisey saroyida Zelenskiy va Makron o‘rtasida «tet-a-tet» (begona kuzatuvchilarsiz yakkama-yakka uchrashuv) muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Angela Merkel ularga videokonferensiya formatida qo‘shildi. Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Donbassdagi vaziyatning keskinlashishi bo‘ldi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin va Zelenskiy Parijda uchrashdi: nimalarga kelishildi va qanday masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmadi 10 dek, 09:45
  • Zelenskiy o‘zi va Putin bergan va’dalarini bajarishganini e’lon qildi 07 sen, 20:55
  • Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi birinchi uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi 28 avg, 15:43
  • Ukraina prezidenti Zelenskiy Vitaliy Klichkoning iste’fosini talab qilmoqda 25 iyul, 06:00
  • Rossiya Zelenskiyning Putin bilan uchrashish taklifiga javob qaytardi 09 iyul, 18:50
  • Ukraina prezidenti Vladimir Putinni uchrashuvga taklif qildi (video) 09 iyul, 17:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar oltiligi e’lon qilindi 08 мая, 21:15 0
  • O‘zbekiston avtomobillarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotdi? 08 мая, 20:50 0
  • Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi 08 мая, 20:20 3
  • Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video) 08 мая, 19:48 51
  • Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi 08 мая, 19:13 124
  • RPL. «Ufa» chempion «Zenit»dan ochko tortib oldi 08 мая, 18:53 198
  • MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi 08 мая, 18:28 174
  • «Bolg‘a va sandon»: Rossiya va Xitoyning yaqinlashuvidan yaponlar tashvishda 08 мая, 17:53 476
  • Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi 08 мая, 17:17 443
  • Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi 08 мая, 16:45 338
  • Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi 08 мая, 16:22 149
  • Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi 08 мая, 15:45 307
  • Bo‘limlar