“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 06:53
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi

17 apr, 10:11 2 221 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni Samarqandda vazirlik va sanoat tarmoqlari rahbarlari, mahalliy kengash deputatlari, viloyat faollari va boshqalar qatnashgan yig‘ilishda ishtirok etdi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».

Yig‘ilishda davlat rahbari viloyatda yangicha «mahallabay» ishlashga o‘tilishini ta’kidlagan. Xususan, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosari tuzilmasida «mahallabay» ishlash bo‘yicha markazlarni shakllantirish rejalashtirilmoqda.

«Har uchta mahallaga bitta inspektor biriktiriladi. Inspektorlar ertalabdan kechgacha mahalla raislarining tadbirkorlik va uy xo‘jaligi yerlari bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan yelkama-yelka turib ishlaydi. Endilikda ular budjetdan pul oladi va muntazam ravishda mahallada ish o‘rinlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Bu ‘Samarqand tarjibasi’ga aylanadi», — deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, 1 maydan mahallalar kesimida ishlash tartibi Pastdarg‘om tumanida, 1 iyuldan esa barcha tumanlarda joriy etiladi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, vazirlar Samarqandda 10 kun qolib, nazorat qilinadigan sohalardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlashi kerak.

«Toshkentdan viloyatga kelgan vazirlar o‘zlarini xuddi barchasida Samarqanddagi rahbarlar aybdordek tutadi. Sizlar bu yerda choy ichib, osh yegani kelmagansizlar. Shu yerda 10 kun qolib, viloyatdagi ahvolni yaxshilash uchun ishlaysizlar… Axir bu yerda sohalar bo‘yicha o‘z rahbarlaring bor-ku (hududiy boshqarmalar). Birgalikda ishlanglar. O‘zlaring boshqarayotgan tizimning natijasi yil oxiriga borib qanday bo‘ladi? Shunga javob qidirasizlar», — deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi besh yil ichida har bir yo‘nalish bo‘yicha «ijrosi juda qiyin va mas’uliyatli bo‘lgan» kamida 10 tadan qaror va farmon qabul qilingan.

«Har bir selektorda tuman, shahar hokimlarini, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, turli tuzilma rahbarlarini ishdan olyapmiz. Nega ularni ishdan bo‘shatyapman? Shukronalik yo‘q, bizni beparvolik, ilmsizlik ta’qib qilmoqda. Eng katta fojia — bilim yo‘q, ko‘plab rahbarlar o‘z ustida ishlamaydi, bugungi shiddatli va notinch zamonda ular xalqning ishonchini oqlamayapti», — deya oydinlik kiritadi davlat rahbari.

«Bayonotni o‘qidingiz, ammo uning ijrosini kim ta’minlaydi? Barchamiz qarsak chalishni o‘rganib oldik. Agar 27 yil qarsak chalmay, ta’lim, iqtisod, qurilish borasida aniq ishlarni bajarganimizda, bugungi hayotimiz butkul boshqacha bo‘lar edi. Jiddiy masalalarni hal etmadik, o‘zimizga olmadik, ijro organlari rahbarlarini o‘qitmadik. Mening eng katta fojiam — ko‘plab ijro organlari rahbarlari bilimsizligi, potensialining pastligida. Vaqt o‘zgaryapti va biz ham o‘zgarishimiz kerak», — deydi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 0
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 588
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 87
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 187
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 90
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 176
  • Bo‘limlar