“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 00:10
ЎЗO‘Z

AOKA «Daryo» muxbiri va IIB xodimi o‘rtasidagi voqea yuzasidan bayonot berdi

17 apr, 09:30 1 440 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AOKA «Daryo» muxbiri va IIB xodimi o‘rtasidagi voqea yuzasidan bayonot berdi
16 aprel kuni «Daryo» internet-nashrining Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Otabek Qo‘ldoshev hamda Qarshi shahar IIB xodimi o‘rtasida ro‘y bergan voqea Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat aks etgan videolavhada ichki ishlar organi xodimi jurnalistga nisbatan amaldagi bir nechta qonun normalarini qo‘pol ravishda buzgan.

Xususan, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga ko‘ra, jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi. Mazkur qonunning 10-moddasiga ko‘ra, davlat jurnalistga axborotni erkin olishini va tarqatishini kafolatlashi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlashi lozim, 14-moddada esa jurnalistning ushbu qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasida «Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, ...ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirishi» zarurligi belgilangan.
Ushbu holat yuzasidan Agentlik o‘z vakolati doirasida Ichki ishlar vazirligiga so‘rov yubordi.

AOKA ayni paytda davom etayotgan xizmat tekshiruvi natijalarini sinchkovlik bilan kuzatib boradi. Ishonamizki, Ichki ishlar vazirligi amaldagi qonunchilik normalarini chetlab o‘tgan xodimning xatti-harakatlariga munosib baho beradi hamda tegishli chora ko‘radi.
Ta’kidlash joiz, bu kabi holatlar so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, jurnalistlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi borasidagi davlat siyosatiga ziddir. Agentlik, o‘z o‘rnida, barcha darajadagi davlat idoralari xodimlarini axborot qonunchiligi hamda jurnalistlar vakolatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rasul Kusherboyev: "Jurnalistga zo‘ravonlik qilgan hokim o‘rinbosari lavozimini tark etishi kerak" 16 avg, 07:35
  • Blogerlar huquqlarini qonun bilan mustahkamlash rejalashtirilmoqda 07 avg, 10:39
  • O‘zbekistonda jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi 03 avg, 11:13
  • Ichki ishlar organi xodimi jurnalistga kamerani sindirib tashlash bilan tahdid qildi (video) 30 apr, 14:24
  • Endi hech kim jurnalistga «materialni sahifadan olib tashla» deya olmaydi 30 mar, 00:24
  • O‘zbekistonda OAVni rivojlantirishga doir yangi qonun loyihasi muhokama etilmoqda 07 dek, 22:00
  • So'nggi yangiliklar
  • "Yevro-2020"ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi (video) 14 мая, 23:55 5
  • AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi 14 мая, 23:23 75
  • O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi? 14 мая, 22:55 116
  • Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi? 14 мая, 22:24 458
  • Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi 14 мая, 21:56 254
  • Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi 14 мая, 21:26 142
  • 10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi 14 мая, 20:56 408
  • "Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi? 14 мая, 20:49 538
  • Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim 14 мая, 20:20 293
  • Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot 14 мая, 19:42 489
  • OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi 14 мая, 19:03 542
  • Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video) 14 мая, 18:30 1 067
  • Bo‘limlar