“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 05:37
ЎЗO‘Z

Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim...

17 apr, 00:48 1 876 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim...
Bugun tongda yotoqxona oshxonasiga kirib saharlikka taom tayyorlayotgan edim. Soat taxminan 4 lar atrofi (saharlik 05:07 gacha). Yotoqxona suv quygandek jim-jit. Bizning qavatda mendan boshqa ro‘za tutadigan musulmon yo‘qligini bilganim uchun bemalol oshxonada stol ustiga narsalarni yoyib, ishlayotgandim. Bir vaqt sekin eshik ochildi. Qarasam bir xitoy yigit qo‘lida ovqati bilan kirib keldi.
- Assalomu alaykum.
- Hay.
Borib mikroto‘lqinli pechda ovqatini isitishga qo‘ydi. To‘xta, menga «Assalomu alaykum» dedimi? Men esa unga «Hay» dedim, nima u musulmonmi? O‘zim bilan o‘zim gaplashayotgan joyimda u gap boshlab qoldi.
- Saharlikka tayyorgarlikmi?
- Shunday.
- Kechirasan, bu yerdagi masjid qayerdaligini bilasanmi?
- Albatta, bilaman, vichat ilovang bormi?
- Ha bor.
- Unda senga masjidning manzilini tashlab beraman.
- Yo‘-o‘q, men masjidning qayerdaligini o‘zim bilaman. Men seni kechga masjidga taklif qilmoqchi edim
- Zo‘r-ku, albatta.
- Bu mevalar senga.
- Katta rahmat.
- Isming nima? Qayerliksan?
- Ismim Baxtiyor, agar bu talaffuzga qiyinchilik tug‘dirsa, xitoycha ismim bilan chaqirishing mumkin. Bajia. O‘zbekistondanman.
- Mening ismim Ahmed. Xitoycha ismim Zhijian Li. Ahmed yoki Li deb chaqirishing mumkin. 
- Yaxshi, menga Ahmed qulay.
- Mayli, unda kechki payt xabarlashamiz.

Suhbat juda tez va qisqa vaqtda bo‘lib o‘tganidan nimalar bo‘lganini anglay olmadim. To‘g‘ri, Xitoyda musulmonlar anchagina, ularning umumiy soni O‘zbekistondagi musulmonlardan ham ko‘pligi aniq. Lekin ular asosan uyg‘ur, dungan millatiga mansub bo‘lardi. Xan millatiga mansub musulmon xitoyni ilgari ko‘rmaganim uchun bu holat meni biroz hayratga tushirgan edi.

Kechki payt, iftorga yaqin xabarlashdik. Masjidga yo‘lga tushadigan bo‘ldik. Ayoli darsda ekan, chiqsa, xabar beraman dedi. Vaqt rosa shomga taqalib qolgani uchun uyda og‘zimni ochdimu, shomni o‘qib oldim. Xabar keldi. Yotoqxonaning birinchi qavatida ko‘rishdik. Mashina chaqirib qo‘ygan ekan, birga masjidga yo‘l oldik. Yo‘l-yo‘lakay gaplashib ketdik. Xotining ismi Aliya ekan, u ham xitoylik. Lekin musulmon emas, adashmasam katolik dedi. Undan qachon musulmon bo‘lding, deb so‘rasam, men musulmon bo‘lib tug‘ilganman, dedi. Uning har bir gapi meni hayratga solardi. Yo‘l-yo‘lakay Qur’on, arab tili, namoz haqida suhbatlashib ketdik. Ikki gapning birida "Mashaalloh" deb qo‘yadi. Er-xotin ingliz tilini ham zo‘r bilar ekan.

Masjidga pandemiyadan avval jumaga borar edik. Pandemiya boshlanib, masjid ham yopildi. Yaqinda ochildi, deb eshitgandim, lekin hali biror marta bormagandim. Masjidga borganimizda, ichkarida 10-15 chog‘lik odam. 5-6 ta erkaklar va qolganlari ayollar. Yerga uchta joyga dasturxon to‘shalgan va iftorlik qilishmoqda. Bizni ko‘rib masjid imomi xursand bo‘lib kelinglar, keling, deb kutib oldi. Chet elliklardan bitta men, xolos, qolganlar xitoyliklar. Birgalikda iftorlik qildik.  

Keyin erkaklar old tarafda, ayollar orqada xufton va taroveh o‘qidik. Masjidda taroveh o‘qimaganimga ham ikki yildan oshibdi. Qalbim qandaydir o‘zgacha sururga to‘ldi. Namozdan so‘ng yana uchchovimiz yotoqxonaga qaytdik. Qaytishda yigit mendan pitssani qayerdan olganimni so‘radi. Ertalab u oshxonaga kirgan vaqtda men pitssani endigina pechga qo‘yayotgan edim. O‘zim tayyorladim desam, hammasinimi deydi, ha dedim. Menimcha, unga ovqat qila olishim butkul hayratlanarli tuyuldi (Xitoyda yoshlar odatda uyda ovqat qilishmaydi, oshxonadan tayyorini buyurtma qilishadi). Unda biror kuni vaqting bo‘lganda menga ham o‘rgat dedi. Mayli, biror kuni birga tayyorlab iftorlik qilamiz, deb xayrlashdim.
Bugun xitoyliklarning men uchun boshqa bir qirrasini kashf qilgan edim. Demak, hali Xitoyda men bilmagan ko‘p narsalar bor...
Baxtiyor Sheraliyev




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • "Allohga shart qo‘yishga haqimiz bormi?" 12 iyul, 17:32
  • Ramazon oyida og‘iz yopish va ochish vaqtlari 23 apr, 22:46
  • Qabrdan olingan nasihat 12 noya, 18:03
  • Ehtiyojmandlarga eslatma: Toshkentda saxovatli insonlar saharlik taomini bepul tarqatmoqdalar 05 iyun, 17:36
  • Toshkentda saxovatli insonlar saharlik taomini bepul tarqatmoqdalar 18 мая, 19:26
  • «Amir Temur qabri ochilgach, falokat bo‘lgan», degan gapga ulamolarimiz nima deydi? 16 yanv, 20:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikistonda toshqin oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video) 14 мая, 00:13 353
  • Rasmiy xabar: Ektor Kuper - Kongo DR termasi bosh murabbiyi! 13 мая, 23:49 380
  • Putin: MDH mamlakatlarida rus tili yetarlicha o‘qitilmayapti 13 мая, 23:44 467
  • Britaniyalik olimlar: pushti ichimliklar sport natijalariga ta’sir ko‘rsatadi 13 мая, 23:14 459
  • Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi 13 мая, 22:51 694
  • O‘rgimchak uyasi haqida nimalarni bilamiz? 13 мая, 22:30 878
  • Benamoz yigit bilan suhbat 13 мая, 22:00 1 054
  • Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz? 13 мая, 21:23 898
  • “The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu 13 мая, 20:43 859
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 912
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 879
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 821
  • Bo‘limlar