“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 06:09
ЎЗO‘Z

DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi

17 apr, 07:30 1 359 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda yer sotish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlariga chek qo‘ygan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, viloyat hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimi 2 nafar sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xo‘jaligi tashkil qilishi uchun Xo‘jaobod tumani xokimiyatidagi mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga undan 128 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Qayd etilishicha, tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar o‘zlarining bu yordamlari uchun muqaddam avans sifatida 7 ming AQSH dollari olganliklari aniqlangan.

Shuningdek, olgan pullarining 70 ming AQSH dollarini Andijon viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida ishlovchi tanishiga berishlari kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, u ham pul olgan vaqtida ushlandi. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda 6 gektar yerni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 26 mar, 09:50
  • DXX joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslarni ushladi 19 mar, 15:18
  • DXX «yerfurush»larni ushladi (video) 03 mar, 17:00
  • DXX xodimlari firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yishdi 23 fev, 17:30
  • DXX Toshkent viloyatida bir qator shaxslarni ushladi 18 fev, 13:00
  • DXX firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi 27 yanv, 13:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikistonda toshqin oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video) 14 мая, 00:13 596
  • Rasmiy xabar: Ektor Kuper - Kongo DR termasi bosh murabbiyi! 13 мая, 23:49 496
  • Putin: MDH mamlakatlarida rus tili yetarlicha o‘qitilmayapti 13 мая, 23:44 663
  • Britaniyalik olimlar: pushti ichimliklar sport natijalariga ta’sir ko‘rsatadi 13 мая, 23:14 552
  • Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi 13 мая, 22:51 828
  • O‘rgimchak uyasi haqida nimalarni bilamiz? 13 мая, 22:30 1 052
  • Benamoz yigit bilan suhbat 13 мая, 22:00 1 219
  • Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz? 13 мая, 21:23 998
  • “The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu 13 мая, 20:43 950
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 998
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 938
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 882
  • Bo‘limlar