“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 05:50
ЎЗO‘Z

Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi"

16 apr, 23:43 1 109 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi"
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Viktor Jalilov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Birinchi navbatda, muxlislarimizdan uzr so‘ramoqchiman. Juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Joriy mavsum bunday yomon o‘yin o‘tkazmagandik. Albatta, bu holatimiz yaxshi emasligimizdan dalolat. To‘pni yo‘qotishdan qo‘rqish, to‘p o‘tkazib yuborishdan hayiqish kuzatilmoqda. AGMK va "Lokomotiv" bilan bahslardagi o‘yin yo‘q. Bularning bari ruhiy holat bilan bog‘liq deb o‘ylayman, - deydi Viktor Jalilov "Navbahor" matbuot xizmatiga.

- Raqib yaxshi shakllangan jamoa. "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda mojaroli gol o‘tkazib yuborishgandi, "Lokomotiv" bilan o‘yinda g‘alabani boy berishgandi. "Turon"dagi tashkilotchilik va o‘yindan kelib chiqsak, uning hozir egallab turgan o‘rni o‘ziga mos emas. Albatta, bugungi xatolarni o‘rganib chiqamiz, kamchiliklarni bartaraf etamiz. Jamoamizning uchta o‘yindan buyon g‘alaba qozonmayotgani, ishonchning yo‘qolayotganidan dalolat. Bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Agar bugun darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi.

- AGMK va "Paxtakor" bilan o‘yinlardan keyin futbolchilarimizning o‘ziga ishonchi ortishiga umid qilgandik. Ammo afsuski, futbolchilarimizda o‘zlariga ishonch yetishmayapti. Bu meni ham hayron qoldirmoqda. O‘rta chiziq va hujumdagilar negadir o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti.

- Hujumchilar masalasidagi savolga vaziyatning o‘zi javob berib turibdi. 6 ta o‘yinda o‘yindan atigi 2 ta gol urdik. Panshanbe va Isoqjonovning gollaridan boshqa gol urolmadik. Shundan ham muammo ko‘lami qandayligini bilib olish mumkin, - deya fikrlarini yakunladi Viktor Jalilov.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Viktor Jalilov: "Bugungi o‘yin durangga mos edi. Qolgan voqealar haqida esa gapirmayman" 07 apr, 23:26
  • "Navbahor" murabbiyi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin hakamlik, raqib jamoa va shartnoma muddati haqida gapirdi 19 mar, 22:55
  • "Navbahor"ning ikki yo‘lboshchisi iste’foga chiqarildi 13 mar, 16:36
  • Superligada 1-turdan keyin ilk iste’fo kuzatildi 13 mar, 11:18
  • Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qur’a tashlandi 20 fev, 20:21
  • Viktor Jalilov "Navbahor" klubida maslahatchi murabbiy sifatida ish boshladi 02 yanv, 21:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikistonda toshqin oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video) 14 мая, 00:13 353
  • Rasmiy xabar: Ektor Kuper - Kongo DR termasi bosh murabbiyi! 13 мая, 23:49 380
  • Putin: MDH mamlakatlarida rus tili yetarlicha o‘qitilmayapti 13 мая, 23:44 467
  • Britaniyalik olimlar: pushti ichimliklar sport natijalariga ta’sir ko‘rsatadi 13 мая, 23:14 459
  • Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi 13 мая, 22:51 694
  • O‘rgimchak uyasi haqida nimalarni bilamiz? 13 мая, 22:30 878
  • Benamoz yigit bilan suhbat 13 мая, 22:00 1 054
  • Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz? 13 мая, 21:23 898
  • “The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu 13 мая, 20:43 859
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 912
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 879
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 821
  • Bo‘limlar