“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 06:57
ЎЗO‘Z

Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti

16 apr, 23:00 1 319 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti
"Chiroyli derbi bo‘ldi. O‘yin ham chiroyli o‘tdi. Ikkita juda ham yaxshi jamoalar o‘rtasidagi bahs. Yutganimiz adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. "Lokomotiv" yaxshi o‘yin namoyish etdi, urilgan ikkala gol ham chiroyli bo‘ldi. Barcha futbolchilarimni tabriklayman. Astoydil g‘alaba uchun kurashishdi. Shu jamoada ishlaydigan barchani tabriklayman, chunki barcha katta mehnat qildi. Ishlash uchun hamma sharoit yaratib berildi", - deydi Sekeyra. 

- Raqib 2:0 bo‘lguniga qadar deyarli yugurmadi, shunda "Lokomotiv" tezlikni oshirishi mumkinmidi?
- Birinchi taymdan so‘ng Diyorni chapga, Azizni o‘ngga o‘tkazdik. Ikkalasi yaxshi o‘ynashdi. Maydon markazida ham pozitsion o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Ko‘rsatmalarni futbolchilarim to‘liq bajarib berishdi.

- Legioner sifatida olib kelingan Diyego Bardanka so‘nggi o‘yinlarda kam maydonga tushmoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bardanka O‘zbekistonda yangi. U o‘zbek futboliga moslashib ketishi uchun biroz muddat kerak bo‘ladi.

- Oltita tur ortda qoldi, lekin "Lokomotiv"da portugalcha futbol ko‘zga tashlanmayapti. Bu jamoa siznikimi yoki hali o‘z uslubingizni singdira olmadingizmi?
- Bu haqiqiy O‘zbekiston futbolini ko‘rish uchun ozgina vaqt kerak bo‘ldi. Chempionat boshlangan ilk kundan buni kuzatishga urindim. O‘zbekiston va Yevropa futboli boshqa-boshqa. O‘zbek futboliga singib ketishim kerak edi, qisqa fursat ichida bunga erisha oldim deb o‘ylayman.

- Birinchi taymda raqib juda sust va juda sekin o‘yin ko‘rsatdi. Lekin ular tezlikni oshirganidan keyin "Lokomotiv" tashabbusni berib qo‘ydi...
- To‘g‘ri aytdingiz. Raqib juda ham keng o‘ynay boshlashdi va men yana bir himoyachini maydonga tushirishga majbur bo‘ldim. Bardanka maydonga tushgach raqib hujumlari kamaydi.

So‘nggi so‘z o‘rnida bugungi natija biz uchun ham, jamoa uchun ham yaxshi bo‘ldi. Bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Endi "Andijon" bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: championat.asia



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Diyego Bardanka: Sekeyraning qo‘l ostida shug‘ullanish universitetda ta’lim olishga o‘xshaydi 25 mar, 11:50
  • "Lokomotiv" yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi 04 mar, 21:27
  • "Lokomotiv"ning yangi bosh murabbiyi Toshkentga yetib keldi 10 yanv, 14:47
  • Andrey Shipilov: "Nasaf"ni tabriklayman, lekin durang adolatli natija bo‘lardi" 06 iyul, 23:36
  • Andrey Fyodorov: “Biroz hayajon bor” 03 mar, 16:26
  • Ulug‘bek Baqoyev: “Lokomotiv” bilan o‘yin juda asabiy o‘tdi 18 avg, 11:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikistonda toshqin oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video) 14 мая, 00:13 596
  • Rasmiy xabar: Ektor Kuper - Kongo DR termasi bosh murabbiyi! 13 мая, 23:49 496
  • Putin: MDH mamlakatlarida rus tili yetarlicha o‘qitilmayapti 13 мая, 23:44 664
  • Britaniyalik olimlar: pushti ichimliklar sport natijalariga ta’sir ko‘rsatadi 13 мая, 23:14 552
  • Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi 13 мая, 22:51 829
  • O‘rgimchak uyasi haqida nimalarni bilamiz? 13 мая, 22:30 1 053
  • Benamoz yigit bilan suhbat 13 мая, 22:00 1 219
  • Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz? 13 мая, 21:23 998
  • “The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu 13 мая, 20:43 950
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 998
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 938
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 882
  • Bo‘limlar