“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:12
ЎЗO‘Z

Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi?

16 apr, 21:43 2 758 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi?
Foto: Freepik
To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faol bo‘lish bilan vazn tashlashga erishish mumkin. Quyidagi ichimliklar esa ushbu jarayonning tezlashishi va natija tezroq sezilishiga hissa qo‘shadi.

Sabzavotli sharbatlar
Sarvqomat va sog‘lom bo‘lishga hissasi katta bo‘lgan sharbatlar organizmning tabiiy detoksikatsiya jarayoniga yordam beradi. Yo‘qsa, ichaklarda to‘plangan toksinlar organizmga salbiy ta’sir qiladi. Bunday tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan ichimlik vitaminlar hamda qarish jarayonini tezlashtirishga qarshi ta’sir qiladigan antioksidantlarga boy bo‘ladi. Uning tarkibini turli sabzavot va ko‘katlar bilan boyitish, ismaloq, salat bargi, bulg‘or qalampiri, bodring, lavlagidan tashqari, karam qo‘shishni ham unutmaslik kerak. Fitonutriyentlarga boy ichimlik yog‘larni eritadi, yallig‘lanish jarayonini bartaraf etadi, metabolizmni jadallashtirib, gormonlar miqdorining me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada esa vazn kamayadi.
Suv
Suvni kanda qilmaslik foydali ekani yangilik emas. Ozishga qaror qilganlar yetarlicha suv ichmay tutib, maqsadga erisholmaydi. Bunga quyidagi sabablar bor:
Tez-tez suv ichadigan insonning qorni tez ochmaydi;
Qancha ko‘p mashq qilinmasin, suvsiz mushaklar taranglashmaydi;
Suv jigarda yog‘lar erishiga yordam beradi. Suvsiz jigarda yog‘ yig‘iladi;
Suv organizmdan toksinlarni chiqarib yuboradi.
Ko‘k choy
Ko‘k choy nafaqat sog‘lom bo‘lish, balki vazn tashlashga ham hissa qo‘shadi. Moddalar almashinuvini yaxshilaydigan mazkur ichimlik yog‘larni eritib, ishtahani bo‘g‘adi. Qolaversa, kuniga bir finjon ko‘k choy organizmni antioksidant va energiya bilan ta’minlaydi.
Ulun
Xitoyliklar tavsifiga ko‘ra ulun yog‘larni keltirib chiqaradigan fermentlarni bloklash xususiyatiga ega polifenolni
o‘z ichiga oladi. Bir finjoni metabolizmni jadallashtiradigan ichimlikda kofein qora choy va qahvadan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.
Ko‘k matcha choyi (mattya)
Mazkur ko‘k choy, olimlarning fikricha, metabolizmni yaxshilaydigan polifenollarning koni hisoblanadi. Kuniga uch
finjon ichish kifoya qiladigan mazkur ichimlik kaloriyalardan qutilish uchun eng yaxshi tanlov.
Mavrak (marmarak) yaproqlaridan tayyorlanadigan choy
Organizmdan shakarni chiqaradigan va kun davomida energiyaga to‘la bo‘lishga hissa qo‘shadigan mavrakli choyni nonushta vaqti iste’mol qilish moddalar almashinuvi kun davomida me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi.
Muzli suv
Muzli suv ichilganda, organizm me’yordagi haroratni tiklash uchun kaloriya sarflaydi. Kuniga 8 stakan muzli suv ichilganda deyarli 70 kkal sarflanadi. Tanovuldan oldin ichish esa ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 103
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 268
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 178
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar