“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 01:39
ЎЗO‘Z

To‘rt viloyatda ehtiyojmand oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan loyiha ishga tushirilmoqda

16 apr, 21:10 1 359 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘rt viloyatda ehtiyojmand oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan loyiha ishga tushirilmoqda
«Yuksalish» umummilliy harakati hamda «Sabr» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, Respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy-axborot markazi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida «COVID-19 pandemiyasining O‘zbekiston fuqarolik jamiyatiga ta’sirini kamaytirish dasturi» loyihasini ishga tushirmoqda. Loyiha mamlakatimiz hukumatiga ko‘maklashishga qaratilgan. 
Loyiha tashabbuskorlari joriy yilning 16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan milliy maslahat uchrashuvida Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan «COVID-19 pandemiyasining O‘zbekiston fuqarolik jamiyatiga ta’sirini kamaytirishga ko‘maklashish» dasturi haqida ma’lum qilgan edi.

«Xalqaro moliya institutlari tashqi savdo va ichki iqtisodiy ta’sirlarning qisqarishi tufayli O‘zbekistonda o‘sish sur’ati taxminan 1,5 foizgacha pasayishini taxmin qilishgan. Pandemiya bozor iqtisodiyotiga o‘tish, xususiy sektorlarning o‘sishi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erishilgan yutuqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi tufayli ishsizlar soni sezilarli darajada oshdi. Pandemiya sababli aholining zaif qatlamlari yanada zaiflashish, rivojlanayotgan mamlakatlar va uyushmalar esa o‘sishdan ortda qolish xavfi ostida. Mamlakatga qaytayotgan mehnat migrantlari sonining oshishi ham davlatning ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimiga og‘irlik qiladi.

Pandemiya tufayli joriy qilingan ijtimoiy masofani cheklash choralari nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyida bo‘lib turgan holda doimiy yordam olish imkoniyatlarini chekladi. Virusning tarqalishi nogironligi bo‘lgan shaxslarning izolyatsiyada qolishini yanada kuchaytirdi, tizimdagi bo‘shliqlarni va atrof-muhit (shifoxonalar, uy xo‘jaliklari, karantin muassasalari va boshqalarni)ga to‘siqlarni keltirib chiqardi.

Yevropa Ittifoqining mazkur dasturi gumanitar, tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Loyiha qisqa muddatli ehtiyojlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotga yanada uzoqroq muddatli tarkibiy ta’sirlarni nazarda tutadi, bu bilan noturg‘unlik xavfini kamaytiradi. U ham davlat, ham nodavlat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan
», deyiladi «Yuksalish» harakati matbuot xizmati xabarida.

Dastur doirasida 18 oy davomida Andijon, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining olis qishloq hududlarida aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlashga, moddiy va nomoddiy yordam ko‘rsatishga ko‘maklashish rejalashtirilgan.

Xususan, uchta nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar quyidagilarga qaratiladi:
– 350ta oilaga 3,5 mln so‘mdan pul mablag‘i ajratish (jami 1,3 mlrd so‘m);
– 185ta startap loyihalarga grant ajratish (jami 3 mlrd so‘m);
– 12ta tibbiyot muassasalarini jihozlash (jami 1,5 mlrd so‘m);
– 400 nafar mehnat migrantlariga ko‘maklashish (jami 800 mln so‘m);
– 12ta olis qishloq hududlarida kichik infratuzilmani yaxshilash; 
– «Temir», «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlariga kiritilgan 2 000 nafar fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha treninglar tashkil etish;
– 900 nafar Xalq qabulxonalari va mahalla tizimi vakillari, profilaktika inspektorlarining malakasini oshirish.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda antikorrupsiya laboratoriyalari tashkil etilmoqda 04 dek, 09:40
  • O‘zbekistonda ishsizlik darajasi ma’lum qilindi 03 avg, 11:32
  • Davlat banklaridan 6tasi xususiylashtiriladi 13 мая, 09:10
  • «Kambag‘allar kasalligi». O‘zbekiston va AQSH uni butkul tugatish bo‘yicha hamkorlik qiladi 12 mar, 10:33
  • MDH da birinchi boʻlib 4K formatli “Lux.TV” 4K telekanalini ishga tushirilmoqda 01 sen, 10:27
  • Tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish dasturi ishga tushirildi 12 okt, 16:55
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda benzin rekord darajada qimmatlashdi 15 мая, 00:20 0
  • "Yevro-2020"ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi (video) 14 мая, 23:55 5
  • AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi 14 мая, 23:23 75
  • O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi? 14 мая, 22:55 116
  • Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi? 14 мая, 22:24 458
  • Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi 14 мая, 21:56 254
  • Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi 14 мая, 21:26 142
  • 10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi 14 мая, 20:56 408
  • "Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi? 14 мая, 20:49 539
  • Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim 14 мая, 20:20 293
  • Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot 14 мая, 19:42 489
  • OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi 14 мая, 19:03 542
  • Bo‘limlar