“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 18:41
ЎЗO‘Z

Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi

16 apr, 18:53 1 399 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi
2021 yilning 5 aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoshli G‘.Ilhom, 24 yoshli Q.Akmal va 22 yoshli E.Jahongirlar Mingbuloq tumani «Kichik Jomasho‘y» mahallasida joylashgan «Vodiy» umumiy ovqatlanish oshxonasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan 19 yoshli Y.Gulmiraga shilqimlik qilishadi.

Bezorilar uni sochidan ushlab tortganlarida ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan 31 yoshli B.Zokirjonni hech bir sababsiz urib do‘pposlashadi. Bu harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 46 yoshli N.Adhamjon va 27 yoshli S.Burgutalilarga ham qarshilik ko‘rsatib, ularni urib, pichoq bilan S.Burgutalining son qismiga jarohat yetkazishadi.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Zokirjon va N.Adhamjonlar «yengil» hamda S.Burgutali «o‘rtacha og‘ir» tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar. 

Tergov harakatlari jarayonida, G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlar ushbu umumiy ovqatlanish oshxonasida ofitsiant bo‘lib ishlovchi Y.Gulmirani ular bilan birgalikda bir stolda o‘tirib ovqatlanishga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etganliklari sababli ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Jizzaxda «musorovoz»ning gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning oyog‘i kesib tashlandi 14 apr, 15:08
  • Xorazmda 19 yoshli kelin molxonada o‘zini osgan holda topildi 10 apr, 20:30
  • Samarqandda 7 va 14 yoshli aka-ukalar 27 yoshli qo‘shni ayol tomonidan o‘ldirildi 15 mar, 17:44
  • Yangiyo‘llik 8 yoshli qiz o‘g‘rining qo‘lidan qanday qutulib qolganini o‘zi so‘zlab berdi 05 fev, 12:23
  • Buxoroda issiq asfalt ortilgan yuk mashinasi 33 yoshli erkak ustiga ag‘darildi 11 yanv, 17:27
  • Buxoroda o‘g‘rilik qilishiga xalal bergan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan ayol qo‘lga olindi 19 noya, 09:01
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video) 14 мая, 18:30 0
  • Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi 14 мая, 17:47 63
  • Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda 14 мая, 17:15 191
  • «Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov 14 мая, 16:35 230
  • Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin 14 мая, 16:06 180
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 366
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 368
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 430
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 281
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 239
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 387
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 465
  • Bo‘limlar