“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 19:17
ЎЗO‘Z

«U paytlar qo‘limiz kalta edi» — Shavkat Mirziyoyev

16 apr, 18:03 1 183 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«U paytlar qo‘limiz kalta edi» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va tarmoqlar rahbarlari, mahalliy kengash deputatlari, nuroniylar, yoshlar qatnashdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatida katta o‘zgarishlar bo‘layotgani, odamlarning dunyoqarashi o‘sib, faolligi oshganini ta’kidladi.
Men har doim Samarqandni sog‘inaman. Ko‘p joylarda ishladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda ko‘p qo‘l keladi. U paytlar qo‘limiz kalta, imkoniyatimiz cheklangan edi. Shuni e’tiborga olib, har safar Samarqandga kelganimda o‘zimga savol beraman: hozirgi imkoniyatlarni o‘sha paytda qilish mumkinmidi? Imom Buxoriy bobomizning zamonaviy majmuasini o‘sha paytda qurish mumkinmidi? Yurakda juda katta qiynalishlar bilan, qachon bo‘lar ekan, deb armon bilan ishlaganmiz. Hozir zamon o‘zgardi, odamlar endi kechagiday yashashga majbur emas. Eng katta masala – joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari bugungi hayot, harakat, shiddatga mos ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Endigi masala Samarqandning ertangi kunini yanada yaxshi qilish, yoshlarga imkoniyatlarni kengaytirish birlamchi vazifa bo‘lishi kerakligini qayd etdi.
2020 yil og‘ir yil bo‘ldi, manaman degan davlatlar iqtisodiyoti bu sinovlarni ko‘tarolmadi. Bu yil kechagiga nisbatan intilishimiz o‘zgarib, ertangi kun manfaati nuqtai nazaridan harakat tuyg‘usi paydo bo‘lsa, oldimizga qo‘ygan rejalarimizni bajara olamiz. Agar bizga kimdir qilib beradi, degan paysalga solish bo‘lsa, bunday xohish bilan hech qachon natijaga erisholmaymiz, – dedi Prezident.
Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi nishonlanadigan joriy yilda Samarqand viloyatida qanday natijalarga erishish uchun hozirdan marralarni aniq belgilash lozimligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari viloyatning foydalanilmagan imkoniyatlarini ishga solish uchun 5 ta drayver sohani ko‘rsatib o‘tdi. Bular – sanoat, transport logistikasi, yirik industrial issiqxonalar, xizmat ko‘rsatish va turizm. Ushbu sohalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar aytib o‘tilib, mas’ullar belgilandi. 

2021-2022 yillarda Samarqand viloyatida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida qiymati 30 trillion 415 milliard so‘mlik 1 ming 279 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgani ta’kidlandi. Xususan, 12 trillion so‘mlik 1 ming 184 ta hududiy, 18 trillion so‘mlikdan ziyod 95 ta tarmoq loyihalari amalga oshiriladi. 1,8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va 26 mingta doimiy ish o‘rni tashkil etiladi.

Xususan, energetika sohasida 974 million dollarlik 8 ta yirik loyiha amalga oshirilib, yiliga 6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, natijada 1,8 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, Fransiyaning «Total Eren» kompaniyasining 100 million dollar sarmoyasi hisobiga shu yil dekabrda Nurobod tumanida quvvati 100 Mega-vatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Prezident Urgut tumanini to‘liq erkin iqtisodiy zonaga aylantirish, viloyatning barcha hududlarida ushbu iqtisodiy zonaning filiallarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi negizida xolding kompaniya tuziladi.

Qo‘shrabot, Ishtixon va Urgut tumanlarida 8 ming gektarda intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etib, 4 mingdan ziyod kishini ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Chorvachilikda yana 4 ming, pillachilik va  ipak mahsulotlari tayyorlashda 12 ming ish o‘rni yaratish mumikinligi qayd etildi.

Har bir mahalladagi muammo va imkoniyatlarni tanqidiy o‘rganish, aholini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilishga jalb etish orqali kambag‘allikni qisqartirish asosiy vazifa bo‘lishi ta’kidlandi.

Joriy yilda 915 ta qishloq va mahallada qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarilishi, 658 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanib, 210 ta qishloq va mahalladagi suv ta’minoti yaxshilanishi aytib o‘tildi. Ipoteka dasturi doirasida 3 ming 450 kvartirali ko‘p qavatli uylar qurilib, 2 ming 200 ta oilaga subsidiya beriladi.

Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, yoshlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Qaysi viloyatga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman – Shavkat Mirziyoyev 16 apr, 15:43
  • Prezident rektorlarning yoshlar bilan ishlashdagi faoliyatini tanqid qilib, 4 ta rektorni ishdan oldi 13 apr, 20:46
  • «25 yil qamash bilan shug‘ullandik, lekin korrupsiya yo‘qolmadi» — Shavkat Mirziyoyev 25 mar, 10:30
  • Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi 23 noya, 08:30
  • Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi (video) 21 mar, 23:53
  • Shavkat Mirziyoyev: “Odamlarni uyg‘otish kerak” (video) 05 mar, 11:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video) 14 мая, 18:30 0
  • Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi 14 мая, 17:47 63
  • Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda 14 мая, 17:15 191
  • «Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov 14 мая, 16:35 231
  • Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin 14 мая, 16:06 180
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 367
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 368
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 431
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 281
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 240
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 387
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 465
  • Bo‘limlar