“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:33
ЎЗO‘Z

Toshkentda 17 yoshli bola o‘z tengdoshini pichoqlab qo‘ydi

15 apr, 10:13 2 040 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 17 yoshli bola o‘z tengdoshini pichoqlab qo‘ydi Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘smir o‘z tengdoshini pichoqlab, jarohat yetkazdi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 9 aprel kuni soat 17:30 larda noma’lum shaxs Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on-4 dahasi 5 va 3-uylar orasida joylashgan 107-sonli bolalar bog‘chasi yonida bo‘la turib, unga notanish bo‘lgan 17 yoshli A.E. bilan hech bir sababsiz janjallashib, pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.

Natijada A.E. qorin old devori, o‘ng oxirgi qovurg‘a ostida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (sovuq qurol qo‘llab bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 17 yoshli Z.F. sodir etgani, u tanishi 17 yoshli I.Z. bilan G‘.O. o‘zaro janjallashayotganida ajratish maqsadida borgan vaqtida u yerda bo‘lgan A.E. bilan janjallashib qolgani aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 411
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar