“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 01:35
ЎЗO‘Z

Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

14 apr, 23:09 2 101 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi Ertaga OCHLdagi ikkinchi vakilimiz AGMKguruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan o‘z uchrashuvini o‘tkazadi. "Al-Hilol"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi:

"Avvalambor, Assalomu alaykum! Barcha musulmon ahli va yurtdoshlarimizni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Hammaga sihat-salomatlik va omad tilayman. Ertaga AGMK jamoasi uchun yangi sahifa ochilmoqda. Jamoamiz ilk bor OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. Maqsad guruhdan chiqish. Guruh bosqichi yakunida to‘plangan ochkolarga qarab kim qaysi o‘rinni olishini bilib olamiz".

- AGMK Saudiyaga kelishidan avval OCHL pley-off doirasida o‘ynadi. Bu holat jamoaning tiklanish jarayoniga qay darajada ta’sir qiladi?
"Jamoamiz bu yerga kelishdan avval muhim va murakkab kechgan o‘yinda qatnashdi hamda bu oralig‘da yo‘l, parvozlar. Qatarga bordik va u yerdan Toshkentga qaytib, so‘ngra Saudiya Arabistoniga keldik. Lekin bu biz uchun bahona bo‘lib qolishi kerak emas. Bu yerga yaxshi niyatlar bilan keldik. O‘ylaymanki, bu jihat u qadar katta ta’sir o‘tkazmaydi".

- Ramazon oyi futbolchilarga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaysiz?
"Bu ta’sir qilmaydi. Orada vaqt bor. O‘yinlar iftorlikdan keyin mahalliy vaqt bilan kechki 22:00ga belgilangan. Bu vaqt ichida futbolchilar tiklanib olishadi".

- "Al-Hilol" bilan o‘yinda jamoangizdan nimani kutyapsiz?
"Har bir murabbiy jamoasidan yaxshi natija kutadi. Bu oson bo‘lmasligini bilib turibmiz. "Al-Hilol" nomdor jamoa. Raqibni hurmat qilamiz, ammo qo‘rqmaymiz. AGMK ushbu musobaqaga yaxshi niyatlar bilan yetib keldi. O‘ylaymanki, jamoamiz chiroyli o‘ynab, g‘alabaga intiladi".



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • AGMK OCHL guruh bosqichida qaysi jamoalar bilan o‘ynaydi? (taqvim) 07 apr, 23:52
  • Mirjalol Qosimov: Men jamoamga ishonaman va ertaga biz nafaqat AGMK sha’ni, balki o‘zbek futboli mavqei uchun ham kurashamiz 06 apr, 22:30
  • Mirjalol Qosimov: "AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida" 27 dek, 08:30
  • Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga g‘alaba uchun kelganmiz" 19 fev, 00:32
  • Mirjalol Qosimov: "AGMKga qarshi o‘yin og‘ir bo‘lishini bilardik" 16 мая, 13:35
  • Mirjalol Qosimov: «Shogirdlarimning kuchiga ishonaman» 09 yanv, 23:22
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda benzin rekord darajada qimmatlashdi 15 мая, 00:20 0
  • "Yevro-2020"ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi (video) 14 мая, 23:55 5
  • AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi 14 мая, 23:23 75
  • O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi? 14 мая, 22:55 116
  • Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi? 14 мая, 22:24 458
  • Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi 14 мая, 21:56 254
  • Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi 14 мая, 21:26 142
  • 10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi 14 мая, 20:56 408
  • "Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi? 14 мая, 20:49 539
  • Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim 14 мая, 20:20 293
  • Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot 14 мая, 19:42 489
  • OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi 14 мая, 19:03 542
  • Bo‘limlar