“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 11:47
ЎЗO‘Z

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi

14 apr, 21:44 5 422 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 avgustdagi 473-sonli “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tasarrufida Surxondaryo viloyatida Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi 2021 yil 1 sentabrdan o‘z faoliyatini boshlaydi.

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, joriy yilda umumta’lim maktablarini 9-sinfini tamomlayotgan erkak jinsli O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi. O‘quvchilar yotoqxona, harbiy kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Ta’lim yo‘nalishi: 50 foiz o‘quvchilar aniq fanlar, 50 foiz ijtimoiy-gumanitar fanlardan iborat.

Mazkur litsey bitiruvchilariga quyidagi imtiyozlar beriladi: “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyini imtiyozli diplom bilan tugatganlarga ta’lim yo‘nalishiga qarab, O‘zbekiston Respublikasi DXX Akademiyasi yoki Qurolli Kuchlar Akademiyasi Chegara fakultetiga test sinovlarisiz kirish huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi. Bundan tashqari, bitiruvchilar “V”, “S” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishadi.

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida o‘qishga kirish istagini bildirgan shaxslar ariza bilan o‘zlarining yashash joylaridagi Mudofaa ishlari bo‘limlariga (masalan, Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida yashovchi shaxs Paxtaobod tuman Mudofaa ishlari bo‘limiga) joriy yilning 1 may kuniga qadar murojaat qilishlari mumkin. Arizada o‘zingiz tanlagan aniq yoki ijtimoiy-gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishingiz shart.

Nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlaridan so‘ng test sinovlariga qo‘yiladi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim fanlarining (5-9 sinflari kesimida) Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.

Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyorlariga ko‘ra uch tilning birida – o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida topshirishlari mumkin, shuningdek, o‘zlari tanlagan aniq yoki ijtimoiy-gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishiga topshiradilar.

Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi nomzodlar “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga test sinovlarisiz o‘qishga kabul qilinadi:

Ushbu toifadagi nomzodlar litseyning qabul komissiyasining tavsiyasiga asosan ruxsati bilan kvotadan tashqari o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan litseyga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

Mazkur litseyda yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega o‘qituvchilar tomonidan darslar o‘tiladi.

O‘quvchilar o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilish va rivojlantirish, o‘z salohiyatini o‘stirish maqsadida chuqurlashtirilgan bilim olishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilib, barcha fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi.

E’tiborli jihati shundaki, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi barcha sharoitlarga ega bo‘lib, o‘quvchilar uchun o‘q otish mashg‘ulotlari, psixologik treninglar, bilimdonlik o‘yinlari, ekskursiyalar, turli ko‘ngilochar tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilib kelinadi.

Shoshiling, Sizda hali imkoniyat bor!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 2
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 266
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 155
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 241
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 3
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 8
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Bo‘limlar