“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 00:55
ЎЗO‘Z

Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi

14 apr, 19:23 3 528 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi Foto: «Tergov.uz»
2021 yil 8 aprel kuni fuqaro 25 yoshli M.Maqsud Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. 2021 yil 5 aprel kuni 26 yoshli U.Muxiddin uni aldov yo‘li bilan Samarqand tumani «Bo‘zi» mahallasi hududidagi qarovsiz joyga olib borgan. U yerda unga tazyiq o‘tkazib, narxi 2 200 000 va 1 500 000 so‘mlik ikkita telefon apparatini hamda 200 AQSH dollari va 112.000 so‘m pul mablag‘larini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilgan.

Ushbu holatni 25 yoshli B.Sherzod videotasvirga olib, «Tik-Tok» ijtimoiy tarmog‘iga joylab, sharmanda qilish yo‘li bilan qo‘rqitgan. Ikki dona telefon apparatini qaytarib olishi uchun 5 000 000 so‘m pul berishini talab qilgan. Shu kuni Samarqand shahri «Kaftarxona» mahallasi hududida U.Muxiddin va B.Sherzodlar M.Maqsuddan tovlamachilik yo‘li bilan 400 AQSH dollari olayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.Muxiddin va B.Sherzodlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, tergov harakatlari jarayonida jabrlanuvchi M.Maqsud U.Muxiddin ofitsiant bo‘lib ishlagan restoranda ovqatlanib, 1 000 000 so‘m pullarni to‘lamasdan ketib qolganligi sababli, U.Muxiddin ishdan bo‘shatilganligini qasdini olish maqsadida ushbu jinoyatni sodir qilganligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Raqqosa Iroda Ismoilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotgani va bunga sabab bo‘lgan holat haqida gapirib berdi 04 mar, 14:30
  • Toshkentda sevgan qiziga narsa olib berish uchun telefon o‘g‘irlagan yigit ushlandi 27 fev, 14:07
  • Buxoro shahri prokurori navbatdagi murojaat bilan chiqdi 12 dek, 21:34
  • Qarzdorliklar undirilmoqda 30 noya, 19:35
  • Shavkat Mirziyoyev: "Uyimda 110 ta tovug‘im bor, har kuni 50 ta tuxum keladi" (video) 20 mar, 20:20
  • Islom hamkorlik tashkiloti ishtirokchilari I. Karimov qabrini zirat qildilar 20 okt, 13:14
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda benzin rekord darajada qimmatlashdi 15 мая, 00:20 0
  • "Yevro-2020"ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi (video) 14 мая, 23:55 5
  • AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi 14 мая, 23:23 75
  • O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi? 14 мая, 22:55 116
  • Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi? 14 мая, 22:24 458
  • Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi 14 мая, 21:56 254
  • Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi 14 мая, 21:26 142
  • 10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi 14 мая, 20:56 408
  • "Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi? 14 мая, 20:49 539
  • Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim 14 мая, 20:20 293
  • Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot 14 мая, 19:42 489
  • OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi 14 мая, 19:03 542
  • Bo‘limlar