“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 21:39
ЎЗO‘Z

Qidiruvda Rossiyada ishlab yurgan qarzdordan 6,5 mln. so‘m aliment undirildi

13 apr, 19:23 1 110 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qidiruvda Rossiyada ishlab yurgan qarzdordan 6,5 mln. so‘m aliment undirildi Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 25.11.2014 yildagi qarzdor A.Berdaliyevdan undiruvchi X.Xamidova foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish haqidagi 1-6753/14-sonli sud buyrug‘i 25.04.2019 yilda kelib tushgan.

Undiruvchi 2016 yilda turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olgan va ijro hujjatini qaytarib olgan. Biroq, 2018 yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahriga ishlash uchun ketib turmush o‘rtog‘i X.Xamidova va farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganligi sababli ijro ishi yurituvi uning arizasiga asosan 25.04.2019 yilda qayta tiklangan.

14.01.2020 yilda qarzdor A.B.yerdaliyevga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasiga kelmaganligi sababli uni ushlash imkoniyati bo‘lmagan.

Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan 07.04.2021 yilda onlayn videoaloqa orqali xorijda ishlayotgan A.Berdaliyev bilan o‘tkazilgan muloqot jarayonida unga aliment to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgan.

Shundan so‘ng, joriy yilning 12 aprel kuni qarzdorning ukasi T.Berdaliyev Byuroning Quva tuman bo‘limiga to‘lanmasdan qolgan 6 mln. 550 ming so‘m aliment pulini olib kelib undiruvchi X.Xamidovaga topshirgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi 10 yanv, 11:25
  • Toshkentda «kattalar» orqali «ish bitiradigan» shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 23 okt, 14:45
  • Bir yilda 10 ming nafar chet el fuqarosi O‘zbekistonda ishlash uchun litsenziya oldi 03 sen, 19:15
  • Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi 01 avg, 16:08
  • Sirdaryoda MIB nomdor avtomashinalarni sotuvga chiqardi 06 iyun, 16:26
  • Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli yirik koʻchmas mulk auksionga qoʻyildi 11 apr, 11:18
  • So'nggi yangiliklar
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 0
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 0
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 1
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 0
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 1
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 5
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 42
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 107
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 120
  • «Sputnik V» qachondan oddiy aholiga qo‘llanilishi ma’lum qilindi 12 мая, 17:11 122
  • Neymar Messi bilan emas, Ronaldu bilan o‘ynashni orzu qilyapti 12 мая, 16:50 315
  • 1 sentabrga qadar tun-u kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi 12 мая, 16:16 298
  • Bo‘limlar