“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 23:18
ЎЗO‘Z

"Paxtakor" boshqarib ketayotgan "karvon"da nimani ko‘rdingiz?

13 apr, 18:27 1 999 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Paxtakor" boshqarib ketayotgan "karvon"da nimani ko‘rdingiz? Superligada 5-tur tugab, 6-turga tayyorgarlik davom ettirilyapti. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, aksariyat murabbiylar mavsum oldidan fikr bildirganlarida, jamoalarning asl kuchiga 5-turdan keyin baho berish mumkinligi haqida aytishdi. Bunday gaplarda jon bor. Dastlabki beshta turdan keyin turnir jadvali klublarning hozirgacha bo‘lgan holati haqida sizu-bizga bamisoli oyna kabi aks ettirib turibdi.

Xo‘sh, chempionat oldidan bildirilayotgan fikrlar va taxminlarning qanchasi hozirga kelib o‘zini oqlamoqda. To‘g‘ri, bir qator sarguzashtlarga boy voqealar kuzatilmoqda. Bu haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p aytildi, yoritildi. Biz asosan klublarning kuchi va imkoniyatlari haqida gaplashamiz.

Turnir jadvaliga qarasangiz, albatta ayrim kutilmagan klublarning kutilmagan o‘rinlarda ekanligini ko‘rish mumkin. Bu bilan ularning kuchini aslo past deb hisoblayotganimiz yo‘q. Shunchaki, chempionatda intriga qancha yuqori bo‘lsa, bu har tomonlama foyda keltirishini barcha bilib turibdi. Shuning uchun yuqori o‘rinlarda ko‘rib, o‘rganib qolganimiz – bir xil klublar emas, balki yangi nomlar ko‘tarilishini ham istaymiz. Lekin har kim o‘z kuchi va imkoniyatiga qarab kurashishini ham unutmaslik lozim.

Hozircha “Paxtakor” karvonboshilikni davom ettiryapti. Yodingizdami, bosh murabbiy Shota Arveladzedan tashqari, jamoa yetakchilari - Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov, Igor Sergeyev, Javohir Siddiqov, Sadriddin Abdullayev, Vladimir Kozak, Akrom Komilov kabi futbolchilar klubni tark etishganida “Paxtakor”ning kuchiga shubha bilan qarashni boshlagandilar.

Lekin Piter Xyuistra boshchiligidagi “Sherlar” chempionlik kamarini munosib himoya qilib kelishyapti. Natijada o‘ylangan taxminlarni yo‘qqa chiqarib turishibdi. Yangi taklif qilingan Sardor Rashidov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Aziz Turg‘unboyev singari futbolchilarning faolligini ham aytib o‘tish kerak. Aslida “Paxtakor” Superliganing ilk turida “Nasaf”ga qarshi o‘yinni 2:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlaganini yaxshi eslaymiz.

Biroq o‘sha uchrashuvda “Paxtakor” ajoyib kambekni qayd etgan holda 2:0 ni, 2:3 ga aylantirgandi. Shundan beri “Sherlar” g‘alabali seriyasini davom ettirib kelishyapti. Baribir bu klubda hujumkorlik yaxshi darajada saqlanib turibdi. 5 ta o‘yinda 13 ta gol!

Beshta turdan keyin “So‘g‘diyona”ning mag‘lubiyatsiz ravishda ikkinchi o‘rinda borishini o‘ylaganmidingiz? Aftidan, Ulug‘bek Baqoyev bu yil yaxshigina syurpriz tayyorlab qo‘yganga o‘xshaydi. O‘tkazilgan o‘yinlarda uning jamoasi yaxshi taassurot qoldiryapti. Uchta g‘alaba va ikkita durang qayd etib, 11 ochko bilan “Paxtakor”ning ortidan boryapti. To‘g‘ri, ikkinchi turda “Turon”ga qarshi uchrashuvda hakamning noto‘g‘ri belgilagan penaltisi tufayli jizzaxliklar yagona gol evaziga g‘alaba qozonishgan.

Lekin o‘sha holat mezbonlarning emas, balki hakamning xatosi bo‘lib, keyinchalik Viktor Serazetdinov nomuayyan muddatga futboldan chetlatildi. Natija esa o‘z kuchida qoldi. Lekin adolat nuqtai nazaridan aytganda, bu jamoa hujumkor o‘yin ko‘rsatib, raqiblariga o‘ta jiddiy qarshilik ko‘rsatyapti. “So‘g‘diyona” hujumchisi Shoxruz Norxonov esa beshta o‘yinda beshta gol urib yaqqol to‘purar bo‘lib turibdi.

Lekin bir savol bor-da: “So‘g‘diyona” mana shu barqarorligini qancha vaqtgacha davom ettira oladi? To‘g‘risi, mavsum oxirigacha shunday tempni saqlab qolishiga ishonmayotganlar ancha. Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozircha Jizzax klubi mag‘lubiyatsiz odimlayapti. U yog‘ini birgalikda kuzatamiz.

Shuningdek, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” ham hali mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Hozirgacha ularning hisobida ikkita g‘alaba bilan uchta durang bor. Ayniqsa, o‘tgan turda Muborakdagi o‘yin ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Aniqrog‘i, “Qo‘qon-1912” hujumchisi Mo‘min Meliyevning goli Baxtiyor Ashurmatov aytganidek mo‘’jizaga qiyoslandi.

Ahamiyatli tomoni shuki, Superliga klublari orasida o‘z darvozasidan eng oz golni qo‘qonliklar o‘tkazishgan. Birinchi turda “Turon”, uchinchi turda “Surxon” futbolchisi “Qo‘qon-1912” darvozasini ishg‘ol qilishdi. Ya’ni, to‘plar nisbati 5-2. Hatto “Paxtakor” ham 5 ta o‘yinda 4 ta gol o‘tkazdi. Demak, Ashurmatov futbolchilik paytida himoyachi bo‘lgani uchun bo‘lsa kerak, bu safar himoyachilarini yanada yaxshiroq tayyorlagani ko‘rinib turibdi. Klub o‘z mehnatiga yarasha kuchli uchlikda turibdi.

Ulardan keyingi pog‘onalarda “Nasaf”, “Bunyodkor”, AGMK kabi jamoalar borishyapti. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Ammo oxirgi ikkita uchrashuvda o‘ziga keldi va raqiblarini mag‘lub etishni boshladi. AGMKning 5-tur doirasida “Turon”ga qarshi o‘yini qoldirildi.

Bunga Osiyo Chempionlar ligasi pley-off o‘yini sabab bo‘ldi va yakunda olmaliqliklar guruh bosqichiga yo‘l olishdi. Balki “Turon” bilan qayd etilgan natijadan keyin hozir AGMKning o‘rni boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin edi. Xullas, yuqoridagi uchta klub bilan birga “Qizilqum”da ham faqat bittadan mag‘lubiyat bor.

O‘z oldiga chempionlikni asosiy vazifa qilib qo‘ygan “Navbahor”ni turnir jadvalida 10-o‘rindan topasiz. Bittadan g‘alaba va durang qayd etib, uchta bahsda yutqazdi. Buning ustiga ilk turdan keyin bosh murabbiy No‘’mon Hasanov iste’foga chiqarilib, o‘rniga Viktor Jalilov tayinlanganidan yaxshi xabardorsiz. O‘tgan turda Namanganda “Paxtakor” bilan o‘yinda yuz bergan voqealar haqida yana to‘xtalib o‘tmoqchi emasmiz.

Baribir yakunda natija esda qoladi. O‘sha uchrashuvda esa namanganliklar o‘z maydonida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berishdi. Balki beshta turdan keyin “Navbahor”ning kuchiga baho berishga biroz ertadir, lekin jamoaning hozirgi holati uning ishqibozlarini umuman qoniqtirmayotgani shubhasiz.

Superligada birgina g‘alabasiz qolgan klub – bu debyutant “Turon” jamoasi. Boya aytganimizdek, uning AGMK bilan uchrashuvi qoldirilgan. Shu bois faqat to‘rtta o‘yini xususida fikr bildirish mumkin. Bitta durang va uchta mag‘lubiyat. O‘zi yaqinda tashkil etilgan klubning birdaniga ko‘tarilishga erishib, Superligaga chiqqani yaxshigina voqelik sifatida qabul qilingandi. Tarkibi ham nomdor o‘yinchilar hisobiga kuchaytirildi. Lekin birdaniga natija kutish u qadar to‘g‘ri emas.

Avvalo mustahkam poydevor bo‘lishi juda muhim. Garchi jamoada legionerlar va tajribali o‘yinchilar bisyor bo‘lsa-da, jamoa o‘yinin “qurish” tezda yuz berib qolmaydi. Buni “Turon” misolida yana bir bor ko‘rib turibmiz. Ha, debyutantning ishtiyoqi baland va tezroq o‘zini ko‘rsatish ilinjida yuribdi, ammo sabr qilishiga to‘g‘ri keladi. Darvoqe, 4 ta uchrashuvda 9 ta gol o‘tkazib yuborgan “Turon” bu borada ham yaqqol “yetakchi” bo‘lib turibdi.

Darvoqe, o‘z oldiga chempionlik vazifasini qo‘ygan “Lokomotiv” portugaliyalik murabbiy boshchiligida 5-turga kelib ilk g‘alabasini qo‘lga kiritganiga nima deysiz? Umuman olganda, aksariyat klublar hozircha o‘zidan biror-bir ajablanarli taassurot qoldirishgani yo‘q. Maqolamiz avvalida to‘xtalganimizdek, karvonni “Paxtakor” boshqarib ketyapti va karvonning oxirida “Turon” yakunlab turibdi. Dastlabki beshta turdan so‘ng, ajablanarli nimadir ko‘rdingizmi, aziz muxlis?!

Shuhratbek Jo‘rayev




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Superligada 1-tur yakunlandi. Turnir jadvali qanday ko‘rinishda? 12 mar, 08:55
  • Superligada "Navbahor"ga o‘xshagan klub nega kam? Yoxud Islom Ahmedov 7-tur oldidan munosabat bildirdi 30 iyun, 16:50
  • Puli bor klublar yuqori o‘rinlarda, puli kamlar esa..."Buxoro"dan taklif olgan Jamshid Saidov haqida 24 iyun, 23:51
  • La Liga. Futbolda nimalar o‘zgardi? 16 iyun, 11:49
  • ​Pochettino: "Turnir jadvaliga qarashni xohlamayman" 02 yanv, 13:03
  • Yo “Metallurg”, yo “Qo‘qon-1912” yoxud 6-o‘rin egasini aniqlab beradigan tur 17 avg, 19:18
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi 12 мая, 22:44 0
  • Jizzaxda MIB tomonidan davlat budjetiga 1.4 mlrd. so‘m undirildi 12 мая, 22:22 0
  • Olimlar koronavirusning jinsiy quvvatga ta’sirini o‘rganishdi 12 мая, 21:53 15
  • JCH-2022. Milliy terma jamoamiz qaysi stadionda va soat nechchida o‘ynashi ma’lum 12 мая, 21:30 78
  • "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi 12 мая, 21:14 120
  • Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi 12 мая, 21:04 145
  • Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi 12 мая, 20:47 104
  • Hokimlikdan tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirib berildi 12 мая, 20:25 138
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi 12 мая, 19:56 185
  • Karamning qanday foydali xususiyatlari bor? 12 мая, 19:18 150
  • Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 12 мая, 18:36 426
  • Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda 12 мая, 18:00 325
  • Bo‘limlar