“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:30
ЎЗO‘Z

Indoneziyalik kuyov Google Maps sabab boshqa to‘yga kelib qoldi (video)

13 apr, 18:00 2 665 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Indoneziyalik kuyov Google Maps sabab boshqa to‘yga kelib qoldi (video) Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasida qiziq voqea yuz berdi: kuyov to‘y kuni manzilni adashtirib qo‘yib, notanish kelinning uyiga kirib keldi, deb xabar beradi «Korrespondent.net». Mazkur tushunmovchilik Google Maps’dagi nosozlik sabab yuzaga kelgan.

Mahalliy an’analarga ko‘ra, to‘y kuni kuyov kelinning uyiga borib, u bilan uchrashadi va shundan so‘ng nikoh marosimi bo‘lib o‘tadi. Google Maps erkak va uning mehmonlarini adashtirib, to‘y bo‘layotgan va kech qolgan kuyovni kutayotgan boshqa bir qishloqqa eltib qo‘ygan.

Notanish mehmonlarni ko‘rgan Mariya Ulfa ismli kelin hayron qolgan, chunki ularning birortasini tanimagan. «Ushbu erkakka hamrohlik qilganlarni ko‘rganimda hayratga tushdim, chunki ularning birortasini tanimagan edim», — deydi qiz.

Kelinning qarindoshlaridan biri kuyov va uning mehmonlari boshqa qishloqqa kelib qolganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilgan va yigit o‘z suyuklisining yoniga yetib borgan.

E’lon qilingan videoda kelinning uyini adashtirib qo‘ygan bir guruh mehmonlar sovg‘alari bilan qaytib ketayotgani tasvirlangan.
[media=https://www.instagram.com/p/CNRE2Ddnvnl/?utm_source=ig_embed]




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 276
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar