“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan bir qator amaldorlarni ishdan oldi

13 apr, 16:44 2 858 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan bir qator amaldorlarni ishdan oldi Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash Surxondaryo viloyatida 30 foizni (15 ming 500 nafar) tashkil etib, bu respublikadagi eng past ko‘rsatkichdir. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 aprel kuni yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xo‘jayli tumanida atigi 16 nafar (2 ming nafar yoshlar ishsiz), Furqat tumanida 27 nafar (2,1 ming nafar yoshlar ishsiz), Ulug‘norda 78 nafar (3,7 ming nafar yoshlar ishsiz), Angorda 82 nafar (3,4 ming nafar yoshlar ishsiz) ishsiz yoshlar «1+1» loyihasi bilan qamrab olingan xolos.

«Yoshlar bilan yetarli ish olib borilmagani oqibatida, ular orasida jinoyatchilik Surxondaryoda 70 foizga oshgan (239 ta jinoyat). Shofirkon, Qamashi, Xiva va Chust tumanlarida ham bu boradagi ahvol qoniqarsiz», — dedi davlat rahbari.

Shu bois yig‘ilishda «yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun»
- Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov,
- Furqat tumani hokimi Soliyev,
- Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudov,

«yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun»
- Shofirkon tumani prokurori,
- Qamashi tumani prokurori,
- Xiva tumani IIB boshlig‘i,
- Chust tumani IIB boshlig‘i,

«yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun»
- Xo‘jayli tumani soliq idorasi rahbari,
- Angor tumani soliq idorasi rahbari lavozimidan ozod etilishi e’lon qilingan.

«Ular mazkur lavozimida qancha muddat ishlab, qancha maosh olgan bo‘lsa, hammasini davlatga qaytaradi», — deb alohida ta’kidlagan prezident Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar