“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 14:25
ЎЗO‘Z

Pentagonda koronavirusni aniqlovchi mikrochip ishlab chiqildi

13 apr, 13:45 1 189 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pentagonda koronavirusni aniqlovchi mikrochip ishlab chiqildi Pentagon mutaxassislari organizmda koronavirus alomatlari paydo bo‘lguncha virusni aniqlovchi mikrochip yaratishdi. Ta’kidlanishicha, chip yordamida virusni qonga tushganidan keyin 3-5 daqiqa ichida aniqlash mumkin bo‘ladi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, AQSH mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari harbiy agentligi vakillari yangi mikrochip ishlab chiqilganini ma’lum qilishgan. Chip qon tarkibini kuzatishga imkon beradi va organizmga koronavirus tushishi bilan darhol bu haqida darak beradi.

Harbiy infeksionist shifokor, iste’fodagi polkovnik Mett Xepbernning tushuntirishicha, qurilma matosimon gel ko‘rinishida bo‘lib, u teri ostiga o‘rnatilgandan keyin qon tarkibini doimiy ravishda tekshirib turadi. Koronavirus aniqlanishi bilan u bu haqida signal beradi.

Siz uni teri ostiga kiritasiz va u organizmingizdagi kimyoviy reaksiyalar haqida ma’lum qiladi. Agar signal olsangiz, unda buning ertasigayoq sizda koronavirus belgilari paydo bo‘lishi mumkin”, deb aytgan mutaxassis.

Xepbernning ta’kidlashicha, chip yordamida organizmda virus borligi haqidagi axborotni u qonga tushgandan keyin 3-5 daqiqa ichida olish mumkin. Shu tariqa, koronavirus bir zumda aniqlanadi va bu davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Pentagon chip yordamida odamlarning harakatlanishi hamda ular haqida boshqa bir ma’lumot to‘plash niyatida emas. Ta’kidlanishicha, qurilmani ishlab chiqish ishlari deyarli yakunlanib qolgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusni 10 soniyada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi 04 yanv, 22:44
  • Havodagi koronavirusni aniqlaydigan sensor ishlab chiqildi 01 yanv, 20:20
  • Singapurda koronavirusni bir daqiqada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi 29 okt, 23:13
  • Apple 13 oktabr kuni taqdimot o‘tkazadi. Unda, katta ehtimol bilan, yangi ayfonlar ko‘rsatiladi 07 okt, 19:00
  • 9 dollarlik kompyuter ishlab chiqarish uchun pul to‘planmoqda 25 мая, 12:46
  • 2016 yildan narxi 9 dollarlik kompyuterlar chiqarilishi rejalashtirilmoqda 12 мая, 19:05
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 111
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 194
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 211
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 278
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 257
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 240
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 468
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 456
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 420
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 354
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 630
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 391
  • Bo‘limlar