“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2021, 20:27
ЎЗO‘Z

Peterburglik yigit o‘zi yaratgan «quyoshmobil»da Xitoyga qadar borishni rejalashtirmoqda

13 apr, 12:45 1 024 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Peterburglik yigit o‘zi yaratgan «quyoshmobil»da Xitoyga qadar borishni rejalashtirmoqda Foto: «Temnaya FAZA»
Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi Nikita Poddubnov ismli bloger qimmat yoqilg‘i talab etilmaydigan mashinani yaratishga qaror qildi. Natijada og‘irligi 150 kilogrammga yetadigan «Fazan» — qo‘lbola avtomobil paydo bo‘ldi va uning harakatlanishi uchun faqat quyosh energiyasi talab etiladi, deb xabar beradi Motor.

«Fazan» — 23 yoshli peterburglik yigitning birinchi avtomobil loyihasi va hatto birinchi elektrokari emas. Ikki yil oldin Nikita do‘stlari bilan «Moskvich»ni to‘liq «yashil» avtomobilga aylantirgan edi. Biroq mashina juda og‘ir bo‘lgan va harakatlanish uchun ko‘p energiya talab qilgan.

Poddubnovning yangi ixtirosida bu kabi kamchiliklar yo‘q: «Fazan»ning og‘irligi 150 kilogramm, batareyalarini quyoshga to‘g‘irlash uchun uni ko‘tarish va bir joydan ikkinchisiga siljitish oson. Avtomobil asosini baggining romi tashkil etadi. Muhandis yigit unga moped g‘ildiraklari va aluminiy profillardan payvandlangan kuzov karkasini kiygizgan. Yengil kuzov panellari aluminiyli kompozit listlardan qirqilgan.

Foto: «Temnaya FAZA»
Oyna va eshiklari yo‘q qo‘lbola mashina saloniga plastik o‘rindiq va velosiped ruli o‘rnatilgan. Avvaliga bloger o‘z ixtirosiga karting rulini o‘rnatgan, biroq u juda kichiklik qilgan — burish qiyin va boshqarishni murakkablashtirgan.

Muzqaymoq sotadigan mobil do‘konni yodga soladigan burchaksimon konstruksiyaga to‘rtta akkumulatorni quvvatlantiradigan uchta quyosh paneli o‘rnatilgan. Ularni to‘liq quvvatlantirish uchun Poddubnovning so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz soat kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, «Fazan» soatiga 30 kilometr tezlikda olti soat harakatlana oladi. Quyosh charaqlab turgan havoda avtomobil batareyalarsiz ham harakatlana oladi.

Foto: «Temnaya FAZA»
Nikita Poddubnov yozga qadar «Fazan»ini takomillashtirib, uni to‘laqonli avtouyga aylantirish niyatida. Uzunligi ikki metr keladigan uxlash joyi tayyorlab qo‘yilgan: oyoqni yukxonaga uzatib, polning o‘zida yotish mumkin. Biroq hali qilinadigan ishlar ko‘p, bloger o‘z mashinasida Rossiyadan Xitoyga qadar borishni — 3 ming kilometrni bosib o‘tishni rejalashtirgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Hyundai birinchi «yuradigan mashina» — Tiger’ni namoyish etdi 11 fev, 15:21
  • Rossiyada yaratilayotgan Flyter aeromobilining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto) 27 dek, 12:40
  • AQSHda uchuvchisiz boshqariladigan televizorga o‘xshash g‘ayrioddiy mashina patentlandi 24 apr, 12:13
  • Eng yangi josus-samolyotning ilk surat va videosi paydo bo‘ldi 12 okt, 21:03
  • Fransiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali avtoyo‘l ochildi 23 dek, 14:48
  • Tesla butun boshli orolni Quyosh energiyasiga o‘tkazdi 24 noya, 18:08
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video) 08 мая, 19:48 51
  • Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi 08 мая, 19:13 124
  • RPL. «Ufa» chempion «Zenit»dan ochko tortib oldi 08 мая, 18:53 198
  • MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi 08 мая, 18:28 173
  • «Bolg‘a va sandon»: Rossiya va Xitoyning yaqinlashuvidan yaponlar tashvishda 08 мая, 17:53 474
  • Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi 08 мая, 17:17 442
  • Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi 08 мая, 16:45 336
  • Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi 08 мая, 16:22 149
  • Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi 08 мая, 15:45 307
  • Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi 08 мая, 15:00 378
  • Ziyolilar hukumatni korrupsiyaga qarshi yanada qattiqroq turishga da’vat etdi 08 мая, 14:14 262
  • Bugun kechqurun grin-karta javoblari e’lon qilinadi 08 мая, 13:36 604
  • Bo‘limlar