“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 13:56
ЎЗO‘Z

2021 yil uchun subsidiya kimlarga va qay tartibda beriladi? (video)

12 apr, 12:43 2 115 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2021 yil uchun subsidiya kimlarga va qay tartibda beriladi? (video) Joriy yilning 1 martidan 2021 yil uchun daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga subsidiyalar ajratish jarayonlari boshlab yuborildi.

Quyida siz subsidiya nima, kimlarga beriladi, uni olish uchun qanday ma’lumotlar taqdim qilinishi kerak, shuningdek, qayerga murojaat etilishi to‘g‘risidagi savollarga javob topasiz.

Subsidiya – daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘.

Subsidiyalar faqatgina ariza beruvchining ro‘yxatdan o‘tgan hududi bo‘yicha beriladi.

Bunda qishloq joylarda birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga, Shaharlarda esa dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida mablag‘ to‘lanadi.

Toshkent shahrida birinchi 5 yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun 12 foizlik punktdan oshgan qismiga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

Bunda mas’ul tashkilotlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya tegishli mezonlar asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniy ekanini baholaydi.

Jumladan,
ichki ishlar va moliya vazirligi,
davlat soliq inspeksiyasi,
bandlikka ko‘maklashish markazi,
kadastr korxonasi,
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi,
Yoshlar ittifoqi tuman kengashi,
tuman (shahar) hokimliklari,
ishtirok etuvchi tijorat banklari mas’ul davlat tashkilotlari etib belgilangan.


Subsidiya olish quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– pasport;
– oila a’zolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bo‘lganda) va farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bo‘lsa) nusxasi;
– nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to‘g‘risida FHDYO organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
– doimiy yashash joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar;
– doimiy yashash joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo‘yicha) nusxasi;
– ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan dromad soliqlari haqida ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).

Diqqat! Subsidiya olishda eng qulayi – Elektron hukumatning my.gov.uz portali orqali ariza yuborish.

Ijobiy javob olingan taqdirda fuqaro o‘z tanloviga ko‘ra subsidiyani uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga qaratilgan mablag‘ shaklida olishi mumkin bo‘ladi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz!

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza berish muddati: 2021 yilning 1 martidan 1 oktabrigacha. Bu muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon smartfonlar bozorida savdolar bo‘yicha yetakchi yana o‘zgardi 01 apr, 07:30
  • Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yangi o‘zgarishlar kiritilmoqda 03 yanv, 22:23
  • OAVga dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi 15 iyul, 10:02
  • «Endi telefon narxi oshadimi?»: Mobil qurilmalar ro‘yxatga olinishi bilan bog‘liq savollarga javoblar 31 okt, 19:03
  • Telegram eng ko‘p ishlatiladigan davlatlar aniqlandi. O‘zbekiston etakchilardan biri 07 mar, 13:25
  • Apple kompaniyasi daromadi 40 foizga o‘sdi 28 apr, 15:55
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 0
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 0
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 1
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 0
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 51
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 99
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 209
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 265
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 309
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 292
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 478
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 328
  • Bo‘limlar