“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 01:04
ЎЗO‘Z

AQSH sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda

12 apr, 00:12 1 269 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda So‘nggi yillarda sanksiyaldar tufayli Rossiyada iqtisodning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa bir qator sektorlari misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi.

G‘arbda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ishlab chiqish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlari o‘z navbati bilan davom etmoqda. Birovlar sanksiya ishlab chiqish va ularni kiritish bilan band bo‘lsa, boshqalar sanksiya oqibatlarini o‘zlari uchun yengillashtirish bilan shug‘ullanishmoqda. Ayrim hollarda sanksiya kiritgan ham uni oqibatiga qarshi kurashganlar ham bir kishi bo‘lib qoloqda. Ayni damda Zoom ana shunday tajriba namoyish qilmoqda.

Rossiya esa, odatdagidek, ushbu sanksiyalarni o‘z foydasiga o‘girish choralarini ko‘rmoqda. Aksariyat hollardan ushbu choralar bir xil. Hozir Vashington “Shimoliy oqim-2” taqdirini hal qiluvchi guruhni boshqaruvchi maxsus vakil tanlamoqda.

Politico nashri yozishiga ko‘ra, AQSH Adliya vazirligi qurilayotgan gaz quvuri uchun yangi sanksiyalar paketini ma’qullagan. Qora ro‘yxatga tushganlar orasida gaz qururini qurish va undan foydalnishga javobgar bo‘lgan shveysariyaning Nord Stream 2 AG kompaniyasi va uning rahbari Matias Varnig ham bor.

Ma’lum bo‘lishicha, cheklov choralari kiritilishidan oldin may oyida Kongressda tasdiqlanadi. Lekin ungacha muzokaralar davomida sanksiyalar borasida yakuniy qaror o‘zgarini mumkin. Muzokaralar esa – Rossiya bilan ema Yevropa bilan olib boriladi.

Bayden ma’muriyatining asosiy muammosi ham ana shunda. Ulardan hozir ikkala partiya tomonidan ham nima bo‘lsa ham “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatib qolishni talab qilishmoqda. Lekin Berlin ham gaz quvurini saqlab qolish uchun mustahkam turib olgan.

Tramp davrida “AQSH-Yevropa” munosabatlari jar yoqasiga kelib qolgan edi. Vaziyatni yanada yomonlashtirmaslik uchun demokratlar Yevropa bilan munosabatlarni yaxshilashni va’da berishgan edi.

Oqibatda oldinda turgan muzokaralarda Vashington G‘arbiy Yevropani o‘zi tomonga og‘dirishga umid qilmoqda. Yevropa uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan gaz quvuri esa ayni damda 96% ga qurib bitkazilgan.

Sanksiyalar mavzusi haqida yanada batafsilroq ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Politico va Bloomberg nashrlariga ko‘ra, AQSH Rossiyani va “Putinga yaqin kishilarni” saylovlarda aralashish va xakerlik hujumlarida ayblashni hamda “rossiyalik diplomat niqobi ostida yurgan razvedkachilarni” chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.

Bunday holda Vashingtonda nisbatan javob choralari ham kiritilishi muqarrar. Ularga Vashington chiday olarmikan? Yaqinda AQSH Rossiyalik diplosatlarga nisbatan “viza” urushi ochgan edi. Rossiyaning bunga nisbatan assimetrik javobidan so‘ng quyidagi manzarani kuzatish mumkin: Amerikadagi rossiyalik diplomatlar barcha qiyinchiliklarga lom-mim demay chidab kelishmoqda, lekin Rossiyadagi AQSH diplomatlari esa xodimlar yetishmovchiligiga duch kelishdi.

Amerikalik diplomatlar tomonidan “chidab bo‘lmas ish sharoitlari” haqida ko‘plab arzlar kelib tusha boshladi. Masalan, Vladivostok va Yekaterinburgda diplomatlarning o‘zi dezinfeksiya vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelayotgani haqida.
Vashingtonning navbatdagi sanksiyalari g‘arb biznesini yana “o‘z yog‘ida o‘zi qovurilishiga” majbur qilmasa bo‘ldi.

Ayni damda Zoom ana shunday vaziyatga tushib qolgan. Panedmiya davrida pulni “supurib olgan” kompaniya, AQSH siyosatiga mos bo‘lishi uchun Rossiya va MDH davlat muassasalariga o‘z xizmatlarini sotishni chekladi.

Lekin oradan bir necha soat o‘tib Zoom ortga chekinishga harakat qildi. Kompaniya “bozorga yondashuvni o‘rganish jarayonida turganini” va “bugungi kunda mavjud bo‘lgan foydalanuvchilar Zoom akkauntidan foydalanish uchun sayt orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin", degan bayonotlar bilan chiqdi.

Kompaniyani tushunish mumkin. O‘tgan yilda butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar unga sezilarli daromad keltirgan, jumladan Rossiya davlatiga tegishli bo‘lgan mijozlar ham. Endi bo‘lsa ular (asosan OTMlar) ommaviy ravishda muqobil platformalarga o‘tib keta boshladi.
Davlat hukumat organlariga esa - hech qanday zarar yetmadi, chunki ular videoaloqa tizimining asosiy foydalanuvchilari emas edi.

Xullas, Zoom “o‘zi o‘tirgan shoxni arraladi” desa ham bo‘ladi. Kompaniya mijozlari dastlabki bayonotdan so‘ng muqobil platformalarga o‘tib keta boshladi. Moskva esa mahalliy IT sohasini rivojldantirish va aholini mahalliy platformalarga o‘tkazish vaqti kelgani haqida yana bir salmoqli argument oldi.

So‘nggi yillar davomiad sanksiyalar mavzusi Rossiya ichida va xalqaro maydonla tez-tez muhokama qilinayotgan, lekin sezilarli ahamiyatga ega bo‘lmagan mavzuga aylanib qoldi. Lekin shu bilan birga “sanksiya” degan tushunchaning ma’nosi ham biroz o‘zgardi.

Oldingi zamonalarda “sanksiya” dunyoda mavjud (AQSH) yakkahokimlik tizimini mustahkamlashga xizmat qilardi. Sanksiya ostiga tushgan davlat (Eron, KXDR) bo‘lsa amallab yashardi. Bunda asosiy og‘irlik xalq bo‘yniga tushar, aholi turmush darajasi pasayar, texnologik qoloqlik kelib chiqar edi. Sanksiya ostiga tushgan davlat har qadamda muammoga duch kelar, sivilizatsion rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlanar edi. Yuqori texnologiyali loyihalardan mahrum bo‘lishi va SWIFT tizimidan uzilgani sababli oddiy bank kartasidan ham foydalanish imkonidan mahrum bo‘lar edi.

Yetti yil oldin ishga tushirilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar mexanizmi ham ana shunday natijaga olib kelishi kerak edi. Lekin natija butunlay boshqacha bo‘lib chiqdi. Dastlab sanksiyalar deyarli hech qanday sezlarni ta’sir ko‘rsatmay qo‘ydi, keyinchalik esa mutlaq aksincha natija bera boshladi. (Sanksiyaldar tufayli Rossiyada iqtisodning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa bir qator sektorlari misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi)

Sanksiyalar nafaqat G‘arb yakdilligini tarqatib yubormoqda, balkim undagi AQSHning yetakchilik rolini ham. O‘n yil oldin ajratib tashlangan davlatlarni ortda qoldirishni ko‘zlagan sanksiyalar hozir ularni rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Vashington o‘zi uchun zararli bo‘lgan jarayonlarni nima sababdan davom ettirayotganini tushunish qiyin. Balkim Amerika rahbariyati o‘ziga haddan ziyod ishonganidan bularni ko‘rmayotgandir? Ehtimol ularda reallikni anglash his-tuyg‘usi umuman yo‘qolgan? Yo bo‘lmasa sanksiyalar dunyoda AQSH gegemoniyasining tezroq tugashiga olib kelishini bilsada, ular o‘zlarini to‘xtata olmaydigan darajaga kelib qolgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tramp: «Rossiyadan sanktsiyalarni olish uchun shartlarim bor» 21 avg, 17:39
  • AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi 27 yanv, 13:57
  • Britaniya «katta ettilik» a’zolari bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni muhokama qiladi 10 apr, 18:22
  • Obama Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi 14 yanv, 09:43
  • AQSh nega Putinga qarshi sanksiya kiritmaydi? 04 yanv, 22:23
  • G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytiradi 22 noya, 16:12
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda benzin rekord darajada qimmatlashdi 15 мая, 00:20 0
  • "Yevro-2020"ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi (video) 14 мая, 23:55 5
  • AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi 14 мая, 23:23 75
  • O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi? 14 мая, 22:55 116
  • Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi? 14 мая, 22:24 458
  • Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi 14 мая, 21:56 254
  • Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi 14 мая, 21:26 142
  • 10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi 14 мая, 20:56 408
  • "Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi? 14 мая, 20:49 539
  • Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim 14 мая, 20:20 293
  • Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot 14 мая, 19:42 489
  • OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi 14 мая, 19:03 542
  • Bo‘limlar