“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 00:19
ЎЗO‘Z

Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi

11 apr, 23:18 2 262 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi Foto: DW
Malta hukumati yoz oylarida mamlakatga kelib, kamida uch kun turgan sayyohlarga 200 yevrogacha to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

9 aprel kuni turizm vaziri Kleyton Bartolo mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ko‘plab cheklovlarning 1 iyunga kelib bekor qilinishi va mehmonxonalardan oldindan band qiluvchi sayyohlarga bonuslar berilishini ko‘zda tutuvchi rejani taqdim etdi.

Shunday qilib, oldindan joy band qilgan sayyohlar besh yulduzli mehmonxonada 200 yevro, to‘rt yulduzli mehmonnxonada — 150 yevro, uch yulduzli mexmonxonada — 100 yevro miqdorida bonus oladi. Agar sayyoh Maltadan uch kilometr shimolda joylashgan Gotso orolidan biror ob’ektni turar joy sifatida tanlasa, bonuslar yana 10 foizga oshiriladi.

«Bu tizim xalqaro sayyohlikning tiklanib borishi bilan Malta mehmonxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan», — deb ta’kidladi turizm vaziri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turizm sektori bevosita va bilvosita orol davlati iqtisodiyotining 27 foizini tashkil qiladi, lekin pandemiya sababli soha faoliyati deyarli to‘xtab qoldi. 2019 yilda Maltaga 2,7 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 80 foizga tushib ketdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Seyshel orollari sayyohlar uchun ochildi 26 mar, 12:33
  • Yaponiyaga kelgan xorijlik sayyohlarga pul berilishi haqidagi xabarlar rad etildi 28 мая, 08:55
  • Yaponiya sayyohlarni jalb qilish uchun ularga kuniga 185 dollardan bermoqchi 28 мая, 06:00
  • Turkiya may oyi oxirida sayyohlik mavsumini boshlamoqchi 19 apr, 08:21
  • Saudiya Arabistoni sayyohlarga bag‘rini ochmoqda 27 sen, 20:44
  • Gretsiyada semiz sayyohlarga eshakka minish taqiqlandi 10 okt, 13:02
  • So'nggi yangiliklar
  • "Yevro-2020"ning rasmiy madhiyasi e’lon qilindi (video) 14 мая, 23:55 5
  • AQSHda erkak fikr kuchi yordamida kompyuterda matn terdi 14 мая, 23:23 75
  • O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi? 14 мая, 22:55 116
  • Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi? 14 мая, 22:24 458
  • Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi 14 мая, 21:56 254
  • Xiaomi bo‘yinga osib yurish mumkin bo‘lgan ventilatorni yaratdi 14 мая, 21:26 142
  • 10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi 14 мая, 20:56 408
  • "Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi? 14 мая, 20:49 538
  • Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim 14 мая, 20:20 293
  • Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot 14 мая, 19:42 489
  • OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi 14 мая, 19:03 542
  • Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video) 14 мая, 18:30 1 067
  • Bo‘limlar