“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 09:31
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Yevropaga bordi

11 apr, 20:05 4 606 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Yevropaga bordi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 2022 yili bo‘ladigan jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turniri o‘yinlari oldidan tarkibni kuchaytiradigan futbolchilarni izlashda davom etmoqda.

Keyingi paytda terma jamoamiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlari hujum va darvozabon masalasi hamon muammoli ekanini ko‘rsatdi. Ignatiy Nesterovdan keyin terma jamoa darvozasini qo‘riqlash uchun taklif etilayotgan yangi avlod posbonlar hatto o‘rtoqlik uchrashuvlarida golga olib keladigan xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.

Umuman olganda, hujum chizig‘ida ham kamchiliklar yetarli. Bu pozitsiyada mamlakatimizning eng yorqin yulduzi Eldor Shomurodovga ishonch katta. Lekin so‘nggi paytlarda surxondaryolik hujumchi A Seriyada bo‘lgani kabi terma jamoada ham gol urishga qiynalmoqda. Yaqinda Gana va Iroq terma jamoalariga qarshi Namangan va Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvlarda Shomurodov bir necha qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. O‘rtoqlik o‘yinlarida mayliku-ya, lekin rasmiy bellashuvda har bir imkoniyatning qadri juda yuqori bo‘ladi.

Superligamiz to‘purarligi keyingi yillarda asosan xorijlik futbolchilarga nasib qilmoqda. O‘zimizning hujumchilardan ko‘zga ko‘ringanlari – Bobir Abduxoliqov, Igor Sergeyev bu yildan legionerga aylandi. Lekin ular qatori terma jamoaga jalb qilingan milliy chempionatimizning yetakchi hujumchilari ham bosh jamoada barqaror gol urish bo‘yicha o‘zini ko‘rsatgani yo‘q.

Vadim Abramov gol uradigan futbolchi topish ilinjida e’tiborini Belarus chempionati oliy ligasida to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlagan Shahboz Umarovga qaratdi. Avvalroq, bu chempionatda 16 ta gol urgan Jasur Yaxshiboyev ham o‘tgan kuzda terma jamoa yig‘iniga chaqirtirilgan edi. Biroq, uning harakati Vadim Abramovni qoniqtirmagan ko‘rinadi. Har holda Polsha chempioni “Legiya” tarkibiga qo‘shilgan Jasur Yaxshiboyev keyingi paytda Abramovning yig‘inlarida ko‘rinmay qoldi.

Shahboz Umarov o‘tgan yili ham Belarusda yaxshi o‘ynagan edi. U “Energetik-BGU”ning yetachisi sifatida 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi. Jami to‘rtta gol urib, uchta golli pas oshirdi. Shahboz har ikki qanotda hujumkor yarim himoyachi va hujumchi sifatida o‘ynay oladi. Uning standart vaziyatlar va jarima zarbalarining ustasi sifatida ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

Iste’dodli futbolchimiz Belarus chempionatining dastlabki uchta turida raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.Uning har bir goli chiroyliligi bilan ajralib turadi. Shahboz, birinchi va uchinchi turlarning eng chiroyli gollari muallifi bo‘ldi. Avvalgi turning eng yaxshi futbolchisi sovrini ham Umarovga topshirildi.

Vadim Abramov Belarus chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Minsk” – BATE o‘yinini kuzatish uchun ushbu mamlakat poytaxtiga bordi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bevosita stadiondan kuzatgan ushbu bellashuvda ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgan mezbonlar yakunda, durangga rozi bo‘ldi.

Shahboz Umarov o‘yinga 57-daqiqada qo‘shildi. Faol o‘ynagan bo‘lsa-da, bu gal gol ura olmadi. Borisovliklarni mag‘lubiyatdan qutqargan gollarga Pavel Ribak va Maksim Skavish mualliflik qildi.

Belarus chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilib kelinayotgan yana bir yosh hujumchi Shahzod Ubaydullayev ham to‘p tepmoqda. Bu yil legionerga aylangan o‘yinchimiz Belarus chempioni – “Shaxtyor”ning boshlang‘ich tarkibiga kirish uchun kurashmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 0
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 0
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 0
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 0
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 0
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 0
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 0
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 0
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 0
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 0
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 0
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 226
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Bo‘limlar