“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 10:34
ЎЗO‘Z

Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi

11 apr, 19:11 3 324 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi Foto: Ensplash
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida politsiyachilar huquqbuzarlarga oldingiga qaraganda kamroq duch kela boshlaganliklaridan hayron bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu tasodif emas: jinoyatchilar politsiyachilarni kuzatish uchun ularning mashinasiga GPS-treker o‘rnatgan, deb xabar beradi Esquire.

Global Times’ning yozishicha, «Tom va Jerri» multserialida uchratish mumkin bo‘lgan ayyor nayrangni huquq-tartibot organining transport bo‘limidagilar payqab qolgan. Ushbu bo‘lim mahalliy avtomobillarni nazorat qilish, xavfsizlikni ta’minlash va yuklarni tashish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bilan shug‘ullanadi.

Politsiyachilarga jinoyat kamaygandek tuyulganiga qaramay, mahalliy aholi noqonuniy yuk tashuvlari bo‘yicha shikoyatlar bildirishni davom etgan.

Shundan so‘ng, politsiya xodimlari patrul mashinalarini tekshirishga qaror qilgan va ikkita avtomobildan qonunbuzarlarga politsiyachilarning qayerda ekani haqida ma’lumot berib turgan GPS-trekerlarni topgan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilar jinoyatchilarning jasurligidan hayratga tushgan bo‘lsa, boshqalar yomon niyatli kimsalar bu kabi GPS-trekerlarni oson sotib olishi mumkinligidan tashvishda.

«Tom va Jerri» multfilmining bir seriyasida Jerri Tomga qong‘iroq ilishga urinadi, boshqa bir epizodda esa sichqon Tom bilan uchrashganida itni chaqirish uchun qo‘ng‘iroqdan foydalanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 153
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 773
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 791
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 2
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 105
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 7
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 118
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 90
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 13
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 122
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 237
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 496
  • Bo‘limlar