“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 20:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining keskin oshish sababi ma’lum qilindi

11 apr, 17:13 3 574 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining keskin oshish sababi ma’lum qilindi O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlari keskin oshgani bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasini e’lon qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan. Bunda, Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq, respublika bo‘yicha o‘simlik yog‘i talab yiliga 300 ming tonnadan ortiq deb baholanmoqda.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etgan.

Import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ta’kidlangan.

«Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rmoqda», — deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxi nega keskin oshib ketdi? 10 apr, 07:30
  • Kelgusi oylarda narxlar qanday o‘zgarishi mumkinligi ma’lum qilindi 18 noya, 11:33
  • O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashishiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi 26 okt, 23:05
  • Toshkentda o‘pka MSKT narxlari ikki barobarga oshgani aniqlandi 10 okt, 08:13
  • Bozorlarda yog‘, tuxum va shakar narxi oshishi sabablari o‘rganildi 01 okt, 11:01
  • Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi bozorlarda ekani e’lon qilindi 07 yanv, 13:23
  • So'nggi yangiliklar
  • 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi 02 avg, 20:25 0
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 270
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 398
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi 02 avg, 15:45 402
  • Bo‘limlar