“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 14:49
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma loyihani yo‘lga qo‘ydi

10 apr, 19:05 962 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma loyihani yo‘lga qo‘ydi Foto: primeminister.kz
Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi «Jibek Joli» o‘tkazuv punktida o‘zaro muzokara o‘tkazdi va «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi quriladigan joyga kapsula qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, tranzit-transport, turizm, kosmik soha, sanoat kooperatsiyasi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, mintaqaviy va chegaraoldi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida avtomobilsozlik, Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yo‘l magistrali qurilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Mamin va Aripov «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini hamda temir yo‘l transportini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.

«Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi «Jibek Joli» (Qozog‘iston) va «G‘ishtko‘prik» (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazuv punktlari hududida barpo etiladi. Markazning umumiy maydoni 400 gektarni, o‘tkazish qobiliyati har ikki yo‘nalishda sutkasiga 35 ming kishi va 5 ming yuk avtomobilini tashkil etadi.

Markaz Qozog‘iston va O‘zbekistonning hamkorlikdagi investitsion loyihalarini amalga oshirish uchun yirik sanoat va savdo-logistika markazi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika hamkorligining joriy masalalarini muhokama qilgandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqdi 27 apr, 14:46
  • O‘zbekiston va Turkiya qator sohalarda hukumatlararo kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettiradi 27 apr, 09:06
  • O‘zbekiston va Qozog‘iston Urganchdagi forumda qiymati yarim milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi 26 fev, 13:53
  • Xitoy O‘zbekistonga jami 3,37 milliard dollar investitsiya kiritdi 11 sen, 06:00
  • O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? 15 apr, 13:30
  • Qozog‘istonlik tadbirkorlar O‘zbekiston bilan baliqchilik sohasida hamkorlik qiladi 26 okt, 11:26
  • So'nggi yangiliklar
  • «Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonalari top-10 ligidan joy oldi 06 мая, 14:04 0
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 111
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 194
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 211
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 278
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 257
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 240
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 468
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 456
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 420
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 354
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 630
  • Bo‘limlar