“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 21:25
ЎЗO‘Z

Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxi nega keskin oshib ketdi?

10 apr, 07:30 3 499 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxi nega keskin oshib ketdi? Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishi haqida ma’lumot berdi.

«Joriy yilning mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshganligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda.

Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tahlil qilib borilmoqda.

Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq respublika bo‘yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi.

2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etdi.

O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotganligi ma’lum qilinadi» deyiladi Qo‘mita matbuot xizmati xabarida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Davlat organlarida monopoliyaga qarshi kurashish tizimi joriy etiladi 04 mar, 11:14
  • O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi 10 yanv, 11:25
  • Kollej va texnikumlar uchun kontrakt narxlari belgilandi 09 okt, 11:00
  • Ichki ishlar organlarida firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashuvchi alohida bo‘linmalar tashkil etiladi 07 avg, 19:00
  • Dehqon bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi 18 iyun, 12:34
  • O‘zbekiston bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari 19 dek, 11:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Tarvuz haqida 8 ta hayratlanarli fakt 02 avg, 20:45 0
  • 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi 02 avg, 20:25 0
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 272
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 400
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Bo‘limlar