“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2021, 20:44
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning bir kunlik daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

08 apr, 22:07 2 632 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning bir kunlik daromad va xarajatlari ma’lum qilindi Foto: Shutterstock
6 aprel kuni O‘zbekiston budjetining daromad va tushumlari 299 milliard 500 million so‘mni, xarajatlari 701 milliard 800 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Shundan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan elektron davlat xaridlariga 5 milliard 187 million 600 ming so‘m sarflangan. Xususan, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiyot va transport vositalari, texnik asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlar xarid qilingan.

Vazirlik bundan bir yil avval - 2020 yilning 6 aprelidagi budjet daromad va xarajatlarini ham ochiqlagan edi. Jumladan, davlat daromad va tushumlari 1 trillion 116 milliard 800 million so‘mni, xarajatlari esa 986 milliard 200 million so‘mni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 mart kuni budjet daromadlari 402,9 milliard so‘m bo‘lgan. Xarajatlar nisbatan yuqori – 1 trillion 410 million 900 ming so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, budjet daromadlari soliqlar, bojxona tushumlari, solikdan tashqari yig‘imlar, davlat kreditlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablag‘lardan shakllanadi.

Moliya vazirligi prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda respublika konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 178,7 trillion so‘mni, xarajatlari 216,2 trillion so‘mni tashkil etadi. Budjet taqchilligi esa 37,5 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab deyarli butunlay tiklandi 12 mar, 22:43
  • Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston budjetini tasdiqladi 26 dek, 19:43
  • 2020 yil uchun byudjet taqsimoti: Xalq ta’limiga 18,6 trln so‘m, Sog‘liqni saqlashga 3,7 trln so‘m, ... 12 dek, 13:36
  • O‘zbekistonda 2019 yil yakunida ham davlat byudjetida taqchillik kuzatilishi kutilmoqda 10 noya, 15:13
  • “O‘zbekinvest” 2014 yilda 6,44 milliard so‘m sof foyda oldi 21 apr, 15:46
  • “INGO-O‘zbekiston” 2014 yilda 1,4 milliard so‘m sof foyda oldi 21 apr, 15:44
  • So'nggi yangiliklar
  • Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi 08 мая, 20:20 1
  • Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video) 08 мая, 19:48 51
  • Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi 08 мая, 19:13 124
  • RPL. «Ufa» chempion «Zenit»dan ochko tortib oldi 08 мая, 18:53 198
  • MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi 08 мая, 18:28 173
  • «Bolg‘a va sandon»: Rossiya va Xitoyning yaqinlashuvidan yaponlar tashvishda 08 мая, 17:53 476
  • Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi 08 мая, 17:17 443
  • Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi 08 мая, 16:45 338
  • Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi 08 мая, 16:22 149
  • Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi 08 мая, 15:45 307
  • Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi 08 мая, 15:00 378
  • Ziyolilar hukumatni korrupsiyaga qarshi yanada qattiqroq turishga da’vat etdi 08 мая, 14:14 262
  • Bo‘limlar