“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2021, 22:19
ЎЗO‘Z

«Kinoteatrlar tizimi mutlaqo izdan chiqib ketganini hammamiz yaxshi bilamiz» — Shuhrat Rizayev

08 apr, 21:43 1 047 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Kinoteatrlar tizimi mutlaqo izdan chiqib ketganini hammamiz yaxshi bilamiz» — Shuhrat Rizayev Shu yilning 7 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan kino san’ati va sanoati taraqqiyotiga xizmat qiluvchi bir yo‘la ikkita muhim hujjat — «Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmon hamda «Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Xo‘sh, mazkur tarixiy hujjatlar milliy kino san’atimiz rivojiga qanday o‘zgarish va yangiliklarni olib kiradi?

«O‘zbekkino» Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev shular haqida intervyu berdi.

— Odatda katta-katta hodisalarning mohiyatini, ahamiyatini, ko‘lamini birdaniga his qilib, uni idrok etish oson kechmaydi. Kuni kecha davlatimiz rahbari imzolagan — kino san’ati va sanoati istiqbolidagi ezgu maqsadlarni belgilab bergan hujjatlar ana shunday jiddiy bir hodisa sifatida hammamizni nihoyatda mamnun qildi. Chunki Farmon va qaror bilan juda katta vazifalar qo‘yilyapti, ulkan marralar va maqsadlar belgilanyapti.

Bugun biz xohlaymizmi-yo‘qmi jahon taraqqiyotining g‘ildiragi nihoyatda shitoblanib ketyapti. Mana shu jarayonda bizning taraqqiyotimizga to‘siq bo‘ladigan muammolardan xolos bo‘lib, yangi zamon talabi asosidagi islohotlarni amalga oshirishimiz kerak edi. Prezidentimizning sohaga oid qabul qilingan hujjatlari mana shu yo‘lda bizga muhim dasturilamal bo‘ladi.

Kinemotografiya sohasini rivojlantirishda biz uchun eng muhim omillardan bo‘lgan kinoteatrlar tizimi mutlaqo izdan chiqib ketganini hammamiz yaxshi bilamiz. Bugun o‘sha tizim ishlamas ekan, kino sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan qilinadigan yordam va boshqalar aynan kinoni rivojlantirishga xizmat qilmaydi, degan masala qo‘yilyapti. Shundan kelib chiqib, kinoteatrlar tarmog‘iga alohida ahamiyat qaratilyapti. Davlatimiz rahbarining Farmon va qaroridan keyin kinoteatrlar tarmog‘i butunlay bir boshqa o‘zanga tushib, samarali harakatlar boshlanadi.

Afsuski, yillar davomida mavjud kinoteatrlardan unumli foydalanmadik, uni tanazzulga keltirib qo‘ygan edik. O‘z vaqtida qabul qilingan hujjatlar ushbu katta yo‘nalishni izga solish va tamomila o‘zgartirish yo‘lidagi katta qadamdir. Sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi tartiblar talab darajasida ishlashimiz uchun imkoniyat ham yaratadi.

Qolaversa, Prezident qarori bilan Kinematografiya agentligi huzurida O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladigan bo‘ldi. Bu esa kelgusida soha uchun malakali kadrlar tayyorlashda ayni muddao. Agar belgilangan vazifalar ijrosini hamjihatlikda amalga oshirsak, o‘ylaymanki, yaqin kelajakda milliy kinomiz yangi nafaslar bilan, yangi kadrlar — rejissyor va operatorlar, ssenaristlar bilan boyiydi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorlikda "Baron-2" va “Mister Nokaut” filmini suratga olishadi 05 dek, 19:47
  • Daniyaliklar «O‘zbekkino»ni kino ishlab chiqarish sohasida mintaqaviy yetakchiga aylantirmoqchi 09 okt, 23:36
  • Kinobozor, dunyo kino ekranlari sari yo‘l...mi? 19 мая, 15:54
  • O‘zbekistonda «Oltin humo» milliy kinomukofoti ta’sis etildi 22 yanv, 15:33
  • Tarbiyaga ijobiy ta’sir o‘tkazadigan filmlar yaratadigan O‘zbekiston Yosh kinoijodkorlar kengashi ish boshladi 11 noya, 20:15
  • «O‘zbekkino”ga yangi bosh direktor tayinlandi 21 avg, 10:38
  • So'nggi yangiliklar
  • Eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar oltiligi e’lon qilindi 08 мая, 21:15 182
  • O‘zbekiston avtomobillarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotdi? 08 мая, 20:50 245
  • Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi 08 мая, 20:20 252
  • Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video) 08 мая, 19:48 356
  • Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi 08 мая, 19:13 300
  • RPL. «Ufa» chempion «Zenit»dan ochko tortib oldi 08 мая, 18:53 367
  • MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi 08 мая, 18:28 308
  • «Bolg‘a va sandon»: Rossiya va Xitoyning yaqinlashuvidan yaponlar tashvishda 08 мая, 17:53 774
  • Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi 08 мая, 17:17 653
  • Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi 08 мая, 16:45 429
  • Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi 08 мая, 16:22 177
  • Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi 08 мая, 15:45 358
  • Bo‘limlar