“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:48
ЎЗO‘Z

Superliga. "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" o‘yinida jangovar durang qayd etildi

08 apr, 21:15 1 623 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Superliga. "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" o‘yinida jangovar durang qayd etildi O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi.

Dastlab, Shohruz Norxonov boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. Nurillo To‘xtasinov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmay, Ayubxon No‘’monov To‘xtasinovning goliga munosib javob bo‘la oladigan super golni urib, jizzaxliklarni ikkinchi bor hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda bosh hakam VAR orqali mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Xurshid G‘iyosov 11 metrlik nuqtadan gol urib, birinchi bo‘limning teng hisobda yakunlanishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa qanchalik harakat qilmasin, darvozalar dahlsiz qoldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng, Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 11 taga yetdi va 2-o‘rinda qoldi. "Qaldirg‘ochlar" esa 8 ochko bilan onlayn jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Bunyodkor" – "So‘g‘diyona" - 2:2
Gollar:
Norxonov 17, To‘xtasinov 42, Nomanov 44, G‘iyosov 45+5.
"Bunyodkor": 1.Ravshan Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 8.Sanjar Rashidov (9.Farrux Ikromov 66), 10.Xurshid G‘iyosov, 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Odiljon Abdurahmonov (22.Shahboz Erkinov 82), 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov (11.Rasul Yo‘ldoshev, 46), 37.Muhammadodil Qahramonov.
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Sunnatilla Abdullajonov, 35.Ibrohim Ibragimov.
"So‘g‘diyona": 1.Shirinboy Abdullayev, 4.Elyor Oripov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar Shaykulov (8.Jamshid Boltaboyev 51), 7.Arslanmirat Amanov 77.Sahob Rashidov 51), 10.Shohruz Norxonov (17.Shahboz Jo‘rabekov 88), 11.Jasur Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luke Chermel, 63.Asiljon Begimqulov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 2.Sardor Qulmatov, 9.Oybek Nurmatov, 20.Bahodir Nasimov.
Ogohlantirishlar: Begimqulov 49, Norxonov 62, Oripov 74, Ergashev 90+5.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 421
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 204
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 89
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 391
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar