“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:29
ЎЗO‘Z

Past qon bosimini tezda ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

08 apr, 19:00 3 749 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Past qon bosimini tezda ko‘tarish uchun nima qilish kerak? Foto: Freepik
Qon bosimining pasayishi gipertoniyadek xavfli emasligiga qaramay, vaqtida e’tibor berilmasa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Agar tonometr bo‘lmasa, pasaygan qon bosimini aniqlashda quyidagi simptomlar yordam beradi:
- boshning haddan ortiq aylanishi;
- ko‘z oldining qorong‘ilashishi;
- ter ajralishining ko‘payishi;
- diqqat qila olmaslik.
Agar qon bosimi me’yoridan kam ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, quyidagi usullar yaxshi samara beradi.

Tuzli mahsulot iste’mol qiling
Natriy arterial qon bosimni ko‘targani sabab ham kardiologlar 50 yoshdan oshgan odamlarga undan tiyilishni maslahat beradi. Ammo qon bosimini bir zumda ko‘tarish kerak bo‘lsa, bir bo‘lak tuzlangan baliq, bodring yoki pishloq yeyish kifoya.

Suv iching
Bir yoki ikki stakan suv qon aylanishini yaxshilab, bosimni pasaytiradi. Qolaversa, bu qon bosimi keskin tushishiga sababchi bo‘ladigan suvsizlanishni ham bartaraf qiladi.

Oyoqlarni chalishtiring
O‘tirgan bo‘lsangiz, oyog‘ingizni ikkinchisini ustiga qo‘ying, turgan holatda bo‘lsangiz, chalishtiring. Bu qon bosimi tushishiga yaxshi yordam beradi.

Kompression paypoq kiying
Bunday paypoq tananing pastki qismidagi qon aylanishini kamaytirib, tepa qismdagisini ko‘taradi.

Qahva iching
Bu eng ko‘p tarqalgan usul odatda qahva ichmaydigan kishilarga yaxshi samara beradi. Kofein organizmingizga begona bo‘lmasa, bu usulning foydasi bo‘lmasligi mumkin.

Qachon tez yordamga murojaat qilish kerak?
Ba’zi hollarda qon bosimining past ekani o‘tkir arterial gipotenziyaning belgisi bo‘lishi mumkin. Bu holat miya va boshqa a’zolar gipoksiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Quyidagi belgilar kuzatiladigan bo‘lsa, vaqt o‘tishini kutmasdan tez yordamga murojaat qiling:
- terining sovuq, ter bosishi va oqarishi;
- nafas olishning tezlashishi;
- puls uzuq-uzuq, tez va sekin bo‘ladi;
- idrok qilish bilan bog‘liq muammo.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 103
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 268
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 178
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar