“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 20:36
ЎЗO‘Z

Iqtisodchi: «UzAuto Motors xalqni istalgan yolg‘onga ishonib ketadigan laqma va savodsiz, deb hisoblaydi»

08 apr, 13:30 2 255 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqtisodchi: «UzAuto Motors xalqni istalgan yolg‘onga ishonib ketadigan laqma va savodsiz, deb hisoblaydi» Foto: «autostrada.uz»
Kuni kecha, UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu-2 modellari, shuningdek, yangilangan Equinox va Tracker narxlarini keskin oshirgani ma’lum bo‘lgandi. Avvaliga bu narx oshirilishi haqida kompaniya hech qanday ma’lumot bermadi. Holat ijtimoiy tarmoqlar orqali oshkor bo‘lgach, UzAuto Motors narxlarning oshishi sabablarini sanadi.

Xususan, «dollar kursining o‘sishi (30 foizdan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10-15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi», deyilgandi izohda.

Ammo monopol kompaniyaning bu izohi darhol qarshilikka uchradi va yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblandi. Bankiroff kanali muallifi, iqtisodchi Otabek Bakirov shunday yozadi:

«1 AQSH dollari 2019 yil 1 oktabrda 9 446,65 so‘mni tashkil etgan. 2021 yil 31 mart holatiga 1 AQSH dollari 10 474,98 so‘mdan iborat bo‘lgan. Bu davrda dollar kursi so‘mga nisbatan 10,88%ga oshgan.

Monopolist O‘zavtomotors ta’kidlayotganidek kurs 30%ga oshmagan.

1 AQSH dollarining Koreya voniga nisbatan qiymati 2019 yil 1 oktabrdan 2021 yil 31 martga qadar 1201,86dan 1133,66gacha o‘zgargan. Yoki boshqacha aytganda, Koreya voni AQSH dollariga nisbatan O‘zavtomotors ta’kidlayotganidek, 10-15% emas, 6%ga mustahkamlangan.

O‘zavtomotors yo o‘zbekistonliklarning istalgan yolg‘onni aytsa ishonib ketadigan laqma va savodsiz, deb hisoblaydi yoki raqobatdan holi kompaniya oddiy arifmetikani ham yoddan ko‘tarish darajasigacha degradatsiyaga uchragan.

Ha aytganday, O‘zbekiston qonunlariga tupurib qo‘yib, bir so‘m boj to‘lanmay, Xitoydan olib kelib sotilayotgan yangilangan Tracker eskisidan ming dollardan ortiq komplektatsiyaga ega bo‘ldimi?

Equinox avtomobilida RS komplektatsiyasida yangilanishi to‘rt yarim ming dollarga tushmoqdami? Balki bu yerda ham yolg‘onchi kalkulyatsiyaga chaqib ko‘rarsizlar?

Monopoliyat mafkurasi shunchalar buzilganki, kurs o‘zgarishiga muvofiq avtomashinalar narxi mutanosib ravishda oshmasligi haqida hatto tasavvurlar o‘lib bo‘lgan. Kurs o‘zgarishlariga qaramay, ochiq bozorda narxlarni raqobat va xarajatlarni maqbullashtirishga urinishlar tiyib turishini hazm etmaydi
».



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • UzAuto Motors Malibu narxini 45 mln so‘mga oshirdi 08 apr, 11:01
  • UzAuto Motors ayrim avtomobillar narxini oshirgani ma’lum bo‘ldi 07 apr, 20:18
  • UzAuto Motors 2021 yilgi modellarini xarid qilish uchun shartnoma tuzishni boshladi 24 mar, 12:00
  • Equinox O‘zbekistonda qariyb 34 ming dollardan sotilmoqda, UzAuto Motors esa uni AQSH kompaniyasidan 22,8 ming dollarga sotib oladi 09 noya, 10:13
  • Belarusda UzAuto Motors avtomobillari savdosi boshlandi 22 мая, 03:00
  • Uzauto motors yangi yil aksiyasini uzaytiradi! 23 dek, 10:57
  • So'nggi yangiliklar
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 2
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 148
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 233
  • Janubiy Koreyada sevishganlar bir-biriga Tesla va boshqa kompaniyalar aksiyalarini sovg‘a qilishmoqda 13 мая, 18:00 230
  • O‘zbekistonda 14 may kuni harorat 38 darajagacha issiq bo‘ladi 13 мая, 17:27 327
  • Isroil shaharlarida yahudiylar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi (video) 13 мая, 16:50 764
  • Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi 13 мая, 16:06 395
  • Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida 13 мая, 15:30 574
  • Taksi haydovchisiga tosh bilan hujum qilib, yonidagi 4800 dollarni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:50 251
  • Surxondaryoda 500 gramm giyohvand moddani organizmida olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:13 396
  • Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTHga sababchi bo‘ldi 13 мая, 13:36 951
  • Nega O‘zbekistonda so‘m uchun alohida, valyuta uchun alohida karta ochiladi? 13 мая, 12:50 480
  • Bo‘limlar