“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 20:42
ЎЗO‘Z

Avtokredit bozorida pasayish kuzatilmoqda

05 apr, 15:33 2 945 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtokredit bozorida pasayish kuzatilmoqda O‘zavtomotors avtomobillari uchun kontraktatsiya qaytadan ochilgandan keyin o‘tgan davrda kuzatuvlar shuni qayd etmoqdaki, tijorat banklarida avtokredit mahsulotlariga buyurtmalar tobora kamayib, susayib bormoqda, — deb yozadi bankiroff kanali.

Izohlanishicha, avtokreditga talabning pasayib borayotgani mavsumiy omillar yoki foizlar bilan bog‘liq emas. Masalan, mart va yanvar oyida avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavkalar va takliflar deyarli o‘zgarishsiz qolgan (fevral oyi kontraktatsiya deyarli yopiq bo‘lgan). Lekin yanvarga nisbatan mart oyida avtokreditlarga buyurtmalar sezilarli darajada kamaygan.

Qayd etilishicha, talab kamayishining sababi shartnomalarda avtomashinalarni yetkazib berish bilan bog‘liq muddatlarga taaluqli. Xabaringiz bor, mart oyidan boshlab, O‘zavtomotors avtomashinalari uchun 3, 6 va hatto 9 oygacha muddatlarda yetkazib berish shartlarida shartnomalar tuzilmoqda.

«Potensial qarzdorlar shuncha muddat davomida, avtomashinani qo‘lga kiritmay turib, avtokreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni o‘zlari uchun ma’qul deb bilmayotgani tushunarli albatta.

Tijorat banklari bunday vaziyatda qanday choralarni ko‘rishni boshlaydi, hozircha bir narsa deyish qiyin. Uzunroq pullarga ega kamsonli banklar balki avtomashina yetkazib berish muddatiga mutanosib ravishda imtiyozli davr belgilash choralariga o‘tishlari ham mumkin. Ko‘pchilik banklar esa daromadli operatsiyalardan voz kechmaslik uchun ikkilamchi bozordan avtomashinalar xarid qilish uchun avtokreditlarni yo‘lga qo‘yishlari yoki bunday mahsulotlar taklifini faollashtirishlarini kutish mumkin bo‘ladi.

Ikkilamchi bozordan avtokreditlarning faollashuvi O‘zavtomotorsning O‘zbekistondagi yagona raqobatchisi bo‘lgan eski avtomashinalar narxlarini oshishiga va albatta monopoliyatning sotuvlari hajmi kamayib borishiga turtki bo‘lishi tabiiy
», — deya xulosa yasaydi mutaxassis.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Uzauto Motors» avtomashinalar narxini «oshirib oldi»?! 06 mar, 12:30
  • May oyida qaysi banklar avtokredit taqdim etayotgani ma’lum qilindi 11 мая, 21:21
  • Markaziy bank rahbari: «Avtokreditlarni ilgari surayotgan banklar xatarni sezmayapti» 06 mar, 15:07
  • O‘zbekiston banklari taqdim etayotgan avtokreditlar (ro‘yxat) 06 yanv, 10:26
  • “Aloqabank” avtokredit olish bo‘yicha yangi imtiyozlarni e’lon qildi 19 avg, 19:13
  • O‘zbekistonda qaysi banklar yangi avtomobil olish uchun avtokredit bermoqda? 26 iyul, 17:50
  • So'nggi yangiliklar
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 2
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 148
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 233
  • Janubiy Koreyada sevishganlar bir-biriga Tesla va boshqa kompaniyalar aksiyalarini sovg‘a qilishmoqda 13 мая, 18:00 230
  • O‘zbekistonda 14 may kuni harorat 38 darajagacha issiq bo‘ladi 13 мая, 17:27 327
  • Isroil shaharlarida yahudiylar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi (video) 13 мая, 16:50 764
  • Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi 13 мая, 16:06 395
  • Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida 13 мая, 15:30 574
  • Taksi haydovchisiga tosh bilan hujum qilib, yonidagi 4800 dollarni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:50 251
  • Surxondaryoda 500 gramm giyohvand moddani organizmida olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:13 396
  • Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTHga sababchi bo‘ldi 13 мая, 13:36 951
  • Nega O‘zbekistonda so‘m uchun alohida, valyuta uchun alohida karta ochiladi? 13 мая, 12:50 480
  • Bo‘limlar