“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 13:54
ЎЗO‘Z

Sir tutilgan muhabbat: Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi (foto)

01 apr, 18:30 1 294 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sir tutilgan muhabbat: Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi (foto) Foto: «Yandeks Dzen»
Muhabbat – inson bilan hamnafas bo‘luvchi eng ajoyib tuyg‘u. U ilhomlantiradi va bir qancha mo‘’jizalar yaratishga qodir. Bollivudning yorqin yulduzi Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi – ularning birinchi uchrashuvidan to to‘ylariga qadar qanday voqealar ro‘y bergani, albatta, muxlislar uchun qiziq bo‘lsa kerak.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Ram va Lila» filmining suratga olish jarayonidagi ilk uchrashuv
Xushbichim, baland bo‘yli va o‘ta iste’dodli Ranvir Singx birinchi bo‘lib, «Ram va Lila» sahnasida dilbar va go‘zal Dipika Padukone bilan uchrashgan. Ularning orasidan qandaydir uchqun uchib o‘tganini, yulduzlarning bir-biriga boshqacha munosabatda bo‘lganini sezmaslikning iloji yo‘q edi. Biroq bo‘lajak juftlik o‘z his-tuyg‘ularini sir saqlashni afzal ko‘rdi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Muhabbat ostonasida turgan juftliklar to‘g‘risida birinchi bo‘lib jurnalistlar orasida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, ushbu voqeani hamkorlikdagi film chiqarilishidan oldingi piar bilan bog‘lash ham mumkin edi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ammo mahoratli aktrisa Ranvir bilan orasidagi munosabatlar to‘g‘risida qat’iyat bilan sukut saqladi. Ranvir Dipikaga shunchalar oshiq bo‘lgan ediki, buni ommadan yashirish juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ham aktyor sevgisini birinchi bo‘lib tan olgan. Ranvir sevgilisining ismini tilga olmasdan shunchalar ishtiyoq bilan gapirganki, dildan chiqqan so‘zlar ortida qizning ismi aniq ko‘rinib turgan edi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2014 yil Zee Cine Awards’da Ranvir va Dipika birinchi marta «Ram va Lila» filmidagi «Nagada Sang Dhol» taronasi bilan chiqish qilgan. Ushbu chiqish darhol jamoatchilikning e’tiborini tortgan va Bollivuddagi asosiy yangilik mavzusiga aylangan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ushbu vaziyatdan Ranvir va Dipika tabassum bilan chiqib ketdi, xolos. 2014 yilning kuzida «Baji Rao va Mastani‘ tarixiy dramasini suratga olish ishlari boshlandi, u yerda juftlik asosiy rollarni ijro etdi. Bu esa tomoshabinlarning qiziqishini yanada oshirdi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2014 yilning dekabr oyida Ranvir Instagram’da Dipika bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirdi va shunday izoh qoldirdi: «Biz birgalikda ajoyib ko‘rinmayapmizmi?»

O‘shandan so‘ng ularning juftlik ekanligiga hech kim shubha qilmagan. Dipika esa xijolatdan Ranvirning sevgisini inkor etishda davom etaverdi.

IIFA – bu Bollivud filmining ajoyib tadbiri bo‘lib, unda butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar ishtirok etadi. 2015 yil Ranvir bu onni abadiy eslab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
U Dipika oldida tiz cho‘kib, «Ram va Lila»dagi qo‘shiqdan kuylab, uning qo‘lini so‘radi. Shundan so‘ng ular o‘zaro munosabatni yashirishdan to‘xtadi va birgalikda ko‘p joylarda ko‘rinish bera boshladi. Bu ularning his-tuyg‘ulari va munosabatlari jiddiy ekanligidan darak edi.

2017 yilda juftlik «Padmavati» deb nomlangan yana bir filmda suratga tushdi, bu Hindiston bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu esa ularning munosabatlarini yanada mustahkamladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2018 yilning 21 oktabrida ular o‘sha yilning 14—15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan nikoh to‘yi haqida xalqqa e’lon qildi. Juftlik ikkita ajoyib va juda chiroyli to‘y marosimini tashkil qildi. Chunki Dipika janubiy Hindistondan va Ranvir esa panjoblik edi. Barcha to‘y marosimlari Italiyaning Komo ko‘lida, muhtasham Villa-del-Balbyanello kurortida bo‘lib o‘tgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bollivudning yoshi orasida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto) 08 fev, 23:27
  • Dipika Padukone 52 million obunachisi bor Instagram sahifasidagi hamma suratlarni o‘chirib tashladi 06 yanv, 13:10
  • Deepika Padukone​: "Yoqtirmaganing doim peshonangda..." 06 dek, 22:45
  • «Bravo» guruhi a’zolari Shahlo va Umid er-xotinmi? 26 fev, 12:52
  • Ra’no Zokirova ikkinchi eri bilan qanday tanishganini oshkor qildi (+video) 21 iyun, 12:28
  • Aktrisa Dipika Padukonining yolg‘onlari fosh bo‘ldi 16 mar, 14:55
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 0
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 0
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 1
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 0
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 51
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 99
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 209
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 265
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 309
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 292
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 478
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 328
  • Bo‘limlar