“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 14:06
ЎЗO‘Z

Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini uning ruxsatisiz kuylagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi

28 mar, 18:38 1 712 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini uning ruxsatisiz kuylagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi Foto: «Uz.lyricsus.com»
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sanjay taxallusi bilan ijod qilayotgan Djavberdiyev Sanjar O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlari matnini huquq egalarining ruxsatisiz o‘zgartirgan holda ijro etgani sababli Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga chaqirtirilgani haqidagi video yozuvlar tarqalgan edi.

Sababi, Intellektual mulk agentligi Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning murojaati asosida S.Djavberdiyev tomonidan she’r muallifi U.Azimov hamda O‘zbekiston halq artisti Sh.Jo‘rayev ijrosidagi «Karvon» nomli qo‘shig‘ini va she’rini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etilgan holatlarni aniqlagan hamda Sanjayga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga kiritilgan.

Va, nihoyat, 2021 yil 9 mart kuni Navoiy viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan xonanda Sanjar Djavberdiyev (Sanjay)ga nisbatan O‘zR MJtK 177-(1)-moddasi birinchi qismi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (669 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi, deya xabar berdi Intellektual mulk agentligi.

«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunning 62-moddasiga asosan mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.

Qonunning tegishli moddalarida muallif huquqlari aniq keltirilgan. Xususan, ijrochilar o‘z huquqlarini ijro etiladigan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida «cover» ijro tushunchasi kiritilmagan. Xorijiy davlatlarda «cover» ijro mavjud. Bu bo‘yicha taraflar shartnoma asosida faoliyat yuritishadi. Ya’ni o‘zganing asarini cover sifatida ijro qilmoqchi bo‘lgan ijrochi muallifdan ruxsat so‘ragan holda shartnoma tuzishi hamda shartnoma bo‘yicha huquq egasiga mualliflik haqini to‘lashi lozim, deyiladi xabarda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon 73 yoshida yana uylandi 23 mar, 19:53
  • Sherali Jo‘rayev haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritildi 03 mar, 12:11
  • Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi 03 okt, 08:48
  • Turk aktrisasi Maryam Uzerli Gollivud yulduzi Al Pachino bilan bir filmda rol ijro etadi 01 okt, 23:30
  • «O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin», Sherali Jo‘rayev duosi. Mashhurlar karantinda (foto, video) 13 apr, 00:05
  • Shifoxonada ekani aytilgan Lutfulla Sa’dullayevdan yangi film – «Alimardon To‘rayevning qaytishi» (Video) 03 okt, 16:33
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 111
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 194
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 211
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 278
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 257
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 240
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 468
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 456
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 420
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 354
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 630
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 391
  • Bo‘limlar