“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 18:00
ЎЗO‘Z

Nima uchun burun bitadi va bunday vaqtda qanday uxlash mumkin?

25 mar, 20:00 2 998 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun burun bitadi va bunday vaqtda qanday uxlash mumkin? Foto: Freepik
Burun bitishi, nafas olishning qiyinlashishi buning natijasida esa miyaga yaxshi kislorod yetib bormasligiga olib keladi. Kun davomida qiyinchilik keltirib chiqargani yetmagandek, uxlashga ham sezilarli xalaqit berishi mumkin.

Nimaga burun bitib qoladi?
Virus va allergenlar organizmda bir xil reaksiya mahalliy yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Shuning hisobiga yumshoq to‘qima va qon tomirlar shishadi, natijada nafas olish butunlay yoki qisman cheklanadi. Har ikki burun teshigining birdaniga bitishi kamdan kam hollarda kuzatiladi. Aksariyat hollarda chap va o‘ng teshikning bitishi har 4—6 soatda o‘zgarib turadi.

Buning sababi nimada?
Hammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan sabablar: yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi, O‘RVI, gripp va sinusit hamda allergenlar ta’siridan tashqari burunning bitishi haddan ortiq quruq havo, namlikning keskin kamayishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, shishlar paydo bo‘lishiga sigaret tutunlari va boshqa havoni zararlaydigan moddalar, shuningdek, homiladorlik, klimaks bilan bog‘liq gormonal o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi.

Qanday davolash mumkin?
Eng avvalo allergenlarni cheklash kerak. Qolaversa, quyidagi tavsiyalarga amal qilish ham yaxshi samara beradi.

Suv ichishni kanda qilmaslik
Suyuqlik qanchalik ko‘p ichilsa, shilliq qavat shunchalik yaxshi namlanib, burun bitirishi kamayadi.

Osmonga qarab uxlash
Yon bosh bilan yotganda qon ko‘p quyiladi va qon tomirlar kengayib, shish ko‘payadi. Osmonga qarab yotganda shish kamayadi va nafas olish oson bo‘ladi. Tuz eritmali spreylar ham burun bitishi va tumovni kamaytiradi.

Bitgan burun bilan qanday uxlash mumkin?
Kunduzi amallaganingiz bilan kechasi bitgan burun uxlash haqiqiy muammo. Uni butunlay yechim topib bo‘lmagani bilan mavjud simptomlarni kamaytirish mumkin. Uyquga yotishdan avval burunni tuzli eritma bilan yuvish kerak. Imkoni bo‘ladigan bo‘lsa, xonaga namlantiruvchi vosita o‘rnating. Yo bo‘lmasa, suv solingan stakan qo‘yib qo‘ying va burun teshiklarini namlab turing. Shilliq qavat qancha yaxshi namlansa, nafas olish shuncha yaxshi bo‘ladi. Boshingizni baland qilib uxlang. Bu nafas olishning qiyinlashishida yaxshi samara beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 52
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 231
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 134
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 227
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 355
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 172
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar