“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 03:13
ЎЗO‘Z

Benksining superqahramon-hamshira haqidagi surati auksionda qariyb 17 mln funtga sotildi

24 mar, 11:30 2 382 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Benksining superqahramon-hamshira haqidagi surati auksionda qariyb 17 mln funtga sotildi Foto: Getty Images
Ko‘cha rassomi Benksining Game Changer nomli kompozitsiyasi Christie’s kimoshdi savdosida 16,758 million funt-sterlingga sotildi, deb yozmoqda Meduza.

Asarning estimeyti, ya’ni boshlang‘ich narxi 2,5–3,5 millionni tashkil qilgan. Sotuvdan tushgan mablag‘larning hammasi xayriya tashkilotlari va kasalxonalarga yo‘naltiriladi.
[media=https://www.instagram.com/p/B_2o3A5JJ3O/?utm_source=ig_embed]
CNN nashrining xabar qilishicha Game Changer Benksi asarlari orasida eng qimmat narxga baholangan suratga aylandi. Bu borada avvalgi rekord 2019 yilda o‘rnatilgan, o‘shanda rassomning Devolved Parliament («Topshirilgan Parlament») deb nomlangan asari Sotheby’s auksionida 9,9 million funtga sotilgandi.

Foto: Wikipedia
Benksi kartinani 2020 yil may oyida koronavirus pandemiyasi sabab e’lon qilingan lokdaun davrida chizgan va asarni Sautgempton shahridagi shifoxonaga sovg‘a qilgandi. Asar ostiga barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorlik so‘zlari yozib qo‘yilgan. Tasviriy san’at namunasi kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yilguniga qadar bir necha oy davomida shifoxona binosidagi devorda turgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 575
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 345
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 476
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar