“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 21:25
ЎЗO‘Z

Hummer uchun mo‘ljallangan shisha tomli va liftga ega kelajak garajining loyihasi namoyish etildi

23 mar, 15:20 929 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hummer uchun mo‘ljallangan shisha tomli va liftga ega kelajak garajining loyihasi namoyish etildi Foto: Robb Report
Amerikalik arxitektor Kelli Uistler sahroda joylashgan futuristik garaj loyihasini taqdim etdi. Ikki qavatli bino lift bilan jihozlangan bo‘lib, u intererning asosiy elementi — GMC Hummer EV elektropikapining harakatlanishiga imkon beradi, deb yozadi Motor.

Loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, futuristik Hummer Concept Garage sahroda joylashgan. Biroq xohishga ko‘ra, ikki qavatli binoni shahar sharoitida ham moslashtirish mumkin. Garaj intereri o‘zida Hummer EV dizayniga ishora qiluvchi vizual elementlarni mujassamlashtirgan. Ko‘tariladigan darvoza, shuningdek, shaffof tom ham aynan shu uslubda yaratilgan. Binoni qoplashda ishlatilgan materiallar sabab elektropikap atrofdagi makonga uyg‘unlashib ketadi.

Foto: Robb Report
Garajning asosiy yangiligi aylana lift bo‘lib, u podium shaklida ishlangan. Elektromotorlar yordamida postament Hummer EV’ni ikkinchi qavatga ko‘tarishga qodir. Loyihada ushbu hudud yashil zona sifatida ko‘rsatilgan. Arxitektorlarning fikricha, bu kabi yechim uyda istiqomat qiluvchilarga elektropikapning haqiqiy chiroyidan bahramand bo‘lishga yordam beradi.

Foto: Robb Report
Ayni vaqtda mazkur loyiha faqatgina virtual model ko‘rinishida bo‘lib, ushbu futuristik garaj real hayotga tatbiq etilish yoki etilmasligi hozircha noma’lum.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Notekis yo‘lda ham harakatlanishga qodir Cadillac Escalade limuzini (foto, video) 21 iyul, 09:23
  • Maybach uslubida yaratilgan Mercedes GLE taqdim etildi (foto) 23 iyun, 19:30
  • Xitoy kompaniyasi kelajak elektromobillarining dizaynini namoyish etdi 21 apr, 19:47
  • Rossiyalik blogerlar Hummer’ga «Jiguli»ning 13 dyuymli g‘ildiraklarini «kiydirdi» (foto, video) 30 mar, 18:14
  • AQSHda noodatiy harbiy texnikalar kolleksiyasi kimoshdiga qo‘yiladi (foto) 30 mar, 00:05
  • 5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto) 25 fev, 09:21
  • So'nggi yangiliklar
  • “The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu 13 мая, 20:43 0
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 2
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 148
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 233
  • Janubiy Koreyada sevishganlar bir-biriga Tesla va boshqa kompaniyalar aksiyalarini sovg‘a qilishmoqda 13 мая, 18:00 230
  • O‘zbekistonda 14 may kuni harorat 38 darajagacha issiq bo‘ladi 13 мая, 17:27 327
  • Isroil shaharlarida yahudiylar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi (video) 13 мая, 16:50 765
  • Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi 13 мая, 16:06 395
  • Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida 13 мая, 15:30 574
  • Taksi haydovchisiga tosh bilan hujum qilib, yonidagi 4800 dollarni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:50 251
  • Surxondaryoda 500 gramm giyohvand moddani organizmida olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:13 396
  • Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTHga sababchi bo‘ldi 13 мая, 13:36 951
  • Bo‘limlar