“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 14:21
ЎЗO‘Z

Twitter asoschisining ilk tviti 2,9 million dollardan ko‘proqqa sotildi

23 mar, 11:30 775 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Twitter asoschisining ilk tviti 2,9 million dollardan ko‘proqqa sotildi Foto: Reuters
Twitter ijtimoiy tarmog‘ida uning asoschisi Jek Dorsi qoldirgan ilk tvit 2,9 mln dollardan ko‘proqqa sotildi. Avvalroq Dorsi ushbu tvitni kimoshdi savdosiga qo‘ygandi. Kimoshdi savdosi tvitlar oldi-sotdisi uchun yaratilgan Valuables onlayn-auksionida o‘tkazilgan.

NFT tokeni ko‘rinishidagi lot sohibi Bridge Oracle kompaniyasi direktori Xakan Estavi bo‘ldi. Estavi u uchun 2 mln 915 ming 835 dollar to‘lagan.

Dorsi Twitter’dagi ilk tvitni 2006 yil 21 mart kuni joylashtirgan. Unda “just setting up my twttr” (“shunchaki tvitterimni sozlayapman”) degan yozuv bo‘lgan.

Dorsi ushbu tvitni 1 dollar boshlang‘ich narx bilan 15 dekabrda sotuvga qo‘ygan. 6 martgacha unga taklif qilingan eng yuqori summa 3500 dollarni tashkil etgandi. Dorsi o‘z sahifasida auksion havolasini joylashtirganidan so‘ng takliflar keskin ko‘paygan.

Tvitni sotib olgan Estavi avvalroq unga 2,5 mln dollar taklif qilgan, biroq savdolar oxirida narxni 400 ming dollardan qo‘proqqa oshirishga qaror qilgan.

Avvalroq Dorsi savdolardan olinadigan barcha pulni GiveDirectly jamg‘armasining pandemiya sharoitida Afrika aholisiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan dasturiga xayriya qilishini aytgan.

Ma’lum qilinishicha, xaridor tvitning o‘zini emas, balki tvit muallifi imzosi bo‘lgan raqamli sertifikatni qo‘lga kiritadi. Tvitning o‘zi platformada qoladi.

Raqamli sertifikatda tvit e’lon qilingan kun va vaqt, uning mazmuni va muallif kriptohamyonining raqamli imzosi bo‘ladi.
NFT tokenlari virtual mulkni sotib olish yoki uni biror kimga topshirish uchun qo‘llanadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Twitter» «layk»dan voz kechmoqchi 30 okt, 09:11
  • Kim Kardashyan «Twitter» asoschisidan tahrirlash funksiyasini joriy etishni so‘radi 16 iyun, 09:59
  • «Twitter» asoschisi o‘zining shaxsiy noutbugi yo‘qligini tan oldi 25 мая, 23:30
  • Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi 13 avg, 01:32
  • Meizu: 21 soniya ichida million dona Meizu M5 Note sotildi 10 dek, 15:15
  • Twitter rahbari Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi haqida gapirdi 08 dek, 16:30
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 111
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 194
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 211
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 278
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 257
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 240
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 468
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 456
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 420
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 354
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 630
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 391
  • Bo‘limlar