“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2021, 21:30
ЎЗO‘Z

Globallashuv kuchayishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo‘ladi?

21 mar, 21:33 880 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Globallashuv kuchayishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo‘ladi? Ekspert O‘zbekiston iqtisodiyotining kelajagi doimo o‘zgarishlarga tobe xomashyo mahsulotlari eksportchisi bo‘lib qolish yoki yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, xalqaro savdoning global ta’minot zanjiriga qo‘shilishiga bog‘liqligini ta’kidladi.

Globalizatsiya - bu tovar va xizmatlarning transchegaraviy savdosi, texnologiyalar va investitsiyalar, odamlar va axborot oqimlari natijasida vujudga kelgan dunyo iqtisodiyoti, madaniyati va aholisining o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligini tavsiflash uchun ishlatiladigan tushunchadir.

Globallashuv har bir mamlakatni qiyosiy ustunlik, ya’ni eng kam miqdordagi resurslardan foydalangan holda eng yaxshi ishlab chiqaradigan narsalarga ixtisoslashishga undaydi. Ushbu konsepsiya ishlab chiqarishni samaraliroq qiladi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va tovarlar va xizmatlar narxlarini pasaytiradi, ayniqsa ularni kam daromadli uy xo‘jaliklari uchun qulayroq qiladi.

Globallashuv ko‘p jihatdan iqtisodiyotga borib taqaladi. Yangi texnologiyalar joriy qilinishi va takomillashtirilishi natijasida ishlab chiqarish hajmi va sifati ortdi. Masalan, bir necha yil ilgari umuman mavjud bo‘lmagan texnologiyalar endilikda davlatlarning umumiy YAIM o‘sishiga va taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Globallashuvning kuchayishi natijasida mehnat bozoridagi taqsimotda ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jahon iqtisodiy forumining oxirgi yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, 2025 yilga kelib, 85 million ishchi o‘rni yo‘q bo‘lishi, ammo o‘rniga 97 million ish joylari yaratilishi ma’lum qilingan.

Xo‘sh, pandemiya sabab tezlashib ketgan texnologiyalar taraqqiyoti va To‘rtinchi sanoat inqilobi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston singari rivojlanayotgan davlatlar texnologik sakrashda ixtirochi bo‘lib, global texnologiya platformalarida faol ishtirok etishi uchun nima qilish kerak, degan savolga Yaponiyaning Tokio universiteti doktoranti Bekzod Zokirov o‘z fikrlarini bildirdi.

Ekspertning ta’kidlashicha, respublika zimmasidagi asosiy vazifa texnologik rivojlanish uchun muhim bo‘lgan uch tomon: davlat-sanoat-akademiya (ilmiy tadqiqot markazlari) hamkorligini mustahkamlovchi institutsional muhit yaratishdan iboratdir.

«Uchburchakning asosiy qismi bo‘lmish universitetlar va ulardagi tadqiqot markazlari nafaqat turli sanoatdagi bizneslarni qo‘llab- quvvatlovchi ixtiro manbalari, balki turli innovatsion g‘oyalarga asoslangan startaplar uchun inkubator vazifasini ham o‘taydi. AQSH, Yevropa va Osiyodagi rivojlangan davlatlarning deyarli barchasida startaplar universitet hududida shakllanishi bejiz emas. Buning uchun universitetlarda, albatta, erkin ilmiy muhit mavjud bo‘lishi, professor va talabalarning ilmiy g‘oyalari, mehnatlari qog‘ozda qolib ketmay, amaliyotda qo‘llanishi uchun mustahkam patent tizimi shakllanishi shart», deydi Bekzod Zokirov.

Mutaxassis O‘zbekistonning giperglobal iqtisodga muvaffaqiyatli integratsiyasi quyidagi masalalarga borib taqalishini ta’kidladi.

Birinchidan, davlatning global iqtisodga integratsiyasi va unda ustunlikka erishishi, avvalo, mamlakat ichida shakllanayotgan iqtisod, uning shakli, aniq yo‘nalishi va ichki mustahkamligidan boshlanadi. Ya’ni global iqtisodga integratsiyalashuv parametrlari rivojlanishga tayyor iqtisodlar uchungina o‘sish tramplini bo‘lishi mumkin, fundamenti noto‘g‘ri prinsiplarga qurilgan iqtisod uchun integratsiyalashuv iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘la olmaydi. O‘zbekistonning global iqtisoddagi muvaffaqiyati u qurayotgan iqtisodiy model bilan bog‘liq. O‘zbekiston iqtisodiyotining kelajagi doimo o‘zgarishlarga tobe xomashyo mahsulotlari eksportchisi bo‘lib qolish yoki yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, xalqaro savdoning qon tomiri bo‘lgan global ta’minot zanjiriga qo‘shilishiga bog‘liq.

Albatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy kabi davlatning investorlari uchun jozibali bo‘lishi mumkin. Ammo, bugungi giperglobal davrdagi texnologik o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni o‘z ichiga oladi.

Bu degani, O‘zbekiston o‘z kelajagini faqat «arzon ish haqi orqali investitsiya chaqirish» strategiyasiga bog‘lamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga mablag‘ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga e’tibor berishi zarur. Bu, o‘z navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy ravishda erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish va xususiy sektorni qo‘llab- quvvatlash orqali vujudga keladi.

Ikkinchidan, davlatning global iqtisoddagi muvaffaqiyati, uning tez-tez uchrab turadigan global inqiroz va shoklarni singdirib, ichki iqtisodga ta’sirini kamaytiradigan institutsional tayyorgarlik bilan bog‘liq. Buning sababi gipergloballashuvning asosiy qismlari bo‘lmish xalqaro savdo va kapitalning erkin harakati, afsuski, mamlakat ichida g‘oliblar bilan birga mag‘lub qatlamni ham yuzaga keltiradi. Bu erkin savdodagi raqobat tufayli ish o‘rinlari yo‘qolishi sababli qashshoqlashishda ko‘rinadi.

Globalizm qarshisidagi rivojlanayotgan davlat sifatida O‘zbekiston ham savdo erkinlashishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etib, erkin savdo orqali yutqazuvchi qatlamni ijtimoiy himoyalashga tayyor bo‘lishi lozim. Shuningdek, moliya bozorlarini tayyorgarliksiz holda, tajribasizlik qilib erkinlashtirish ko‘pchilik davlatlarga qimmatga tushganidan hukumat o‘rnak olishi va tartibga solinmagan kapital oqimlari harakatidan o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak. Hukumat bugungi kunda ichki makroiqtisodiy siyosat, soliq tizimi va moliyaviy qoidalar yaxlitligini qisqa muddatli foydaga asoslangan erkin kapital oqimidan ustun qo‘yishi lozim.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha masalalar hal qilinmoqda 04 noya, 21:46
  • Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston elektron tijorat sohasida istiqbolli takliflarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor 04 noya, 20:09
  • YEOII bilan hamkorlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nima beradi? 08 мая, 09:20
  • «Ayrim tarmoqlar uchun soliqlarni bekor qilish orqali yordam berish kerak» – Yuliy Yusupov 13 apr, 17:17
  • Joriy yilning yanvar - avgust oylaridagi inflyatsiya darajasi maʼlum qilindi 01 sen, 16:26
  • Markaziy bank mahsulot va xizmatlar narxlarini muntazam ravishda monitoring qilib boradi 14 fev, 22:02
  • So'nggi yangiliklar
  • Eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar oltiligi e’lon qilindi 08 мая, 21:15 0
  • O‘zbekiston avtomobillarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotdi? 08 мая, 20:50 0
  • Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi 08 мая, 20:20 3
  • Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video) 08 мая, 19:48 51
  • Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi 08 мая, 19:13 124
  • RPL. «Ufa» chempion «Zenit»dan ochko tortib oldi 08 мая, 18:53 198
  • MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi 08 мая, 18:28 174
  • «Bolg‘a va sandon»: Rossiya va Xitoyning yaqinlashuvidan yaponlar tashvishda 08 мая, 17:53 476
  • Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi 08 мая, 17:17 443
  • Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi 08 мая, 16:45 338
  • Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi 08 мая, 16:22 149
  • Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi 08 мая, 15:45 307
  • Bo‘limlar