“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:37
ЎЗO‘Z

DXX joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslarni ushladi

19 mar, 15:18 2 318 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslarni ushladi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mahalliy MCHJ rahbarini tosh maydalash sexi faoliyatini amalga oshirishda “Sirdaryo” suv iste’molchilari uyushmasi hududiga tosh-shag‘al to‘kib, qishloq ho‘jaligi ekin maydonlariga zarar yetkazganligi uchun 232 mln so‘m jarima dalolatnomasi rasmiylashtirish bilan qo‘rqitadi va jarima solmaslik evaziga undan 5 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi mansabdor shaxs mahalliy MCHJlardan biri tomonidan 2020 yil uchun 230 mln so‘m ortiqcha to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini ushbu jamiyat hisob raqamiga qaytarib berish evaziga, uning hisobchisidan 1000 AQSH dollari va 900 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi suv iste’molchilari uyushmalaridan birining raisi mahalliy fuqaroning ishonchiga kirish orqali, unga uyushma hududidan g‘allachilikka ixtisoslashgan 3 gektar suvli hamda 20 gektar lalmi yer maydonlarini bir mavsum mobaynida dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun berish evaziga 50 mln so‘m talab qiladi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaro aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, unga mazkur tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 10,8 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 23.500 AQSH dollari so‘raydi.

DXX va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.

Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi shaxs muqaddam o‘zi rahbarlik qilgan fermer xo‘jaligining hozirda tuman hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonining 50 sotixini tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik bilan shug‘ullanish uchun ajratib berish evaziga mahalliy fuqarodan 10 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming dollarini olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar