“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 23:40
ЎЗO‘Z

Qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

18 mar, 23:28 1 478 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Toshkentda qizi va yigit o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmaslik evaziga yigitning otasidan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 46 yoshli fuqaro Sh.U. Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 45 yoshli ayol Z.A. qizi M.R. bilan uning o‘g‘li D.U. o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga pul talab qilganini ma’lum qilgan.

Yigitning otasining aytishicha, buning uchun 600 dollar talab qilgan ayolga 480 dollar va 1 million 50 ming so‘m bergan. Ammo olgan pullarni kam deb topgan ayol yana 500 dollar talab qilgan.

15 mart kuni soat 13:00 larda Chilonzor tumani «Chilonzor» metro bekati oldida Z.A. qizi M.R. bilan bu pullarni Sh.U.dan olayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan ayol va uning qiziga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, tovlamachilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda «bola puli» tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olindi 31 avg, 09:30
  • Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi? 23 apr, 11:08
  • Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi 23 noya, 08:30
  • Toshkentda YPX xodimlari ta’qibidan qochgan haydovchi begunohning o‘limiga sababchi bo‘ldi 29 okt, 00:02
  • Tramp 5 soatdan ko‘p uxlamaydi, Shavkat Mirziyoyevchi? 08 fev, 22:20
  • Trampning qizini asabiga tekkan yigitni bilasizmi nima qilishdi? 23 dek, 12:29
  • So'nggi yangiliklar
  • Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" 16 sen, 23:30 0
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi 16 sen, 23:08 0
  • “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi 16 sen, 22:48 0
  • Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" 16 sen, 22:20 0
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" 16 sen, 22:05 0
  • Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi 16 sen, 21:40 21
  • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi 16 sen, 21:15 98
  • Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag‘lub etdi 16 sen, 20:56 152
  • FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi 16 sen, 20:44 232
  • Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi 16 sen, 20:20 128
  • Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi haqida (video) 16 sen, 19:44 586
  • YPX xodimlarining yangi formalari namoyish etildi (foto) 16 sen, 19:26 177
  • Bo‘limlar