“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 14:17
ЎЗO‘Z

«100 ta foydali ilova ishlab chiqmoqchiman»

18 mar, 12:12 873 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«100 ta foydali ilova ishlab chiqmoqchiman» Samarqandlik Sardor Tal’atov ayni paytda Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabasi. Dasturlash bilan jiddiy shug‘ullanadi, maqsadlari esa yanada jiddiy. «Xabar.uz» «Among youth» loyihasi doirasida Sardor bilan intervyu tashkil qildi.

Boshida hamma qatori o‘yinlarga qiziqqanman
8-9 yoshlarimda otam noutbuk olib bergan. Ko‘pgina tengdoshlarim qatori kompyuter o‘yinlariga juda qiziqardim. Biroq, noutbugimda bittayam o‘yin edi... Shu sababli asosan Word, Excel va Power Point dasturlarini ermak qilib o‘tirib, ularning qanday imkoniyatlari bo‘lsa, barchasini sinab ko‘rishga ulgurgandim. Bolalikdan kompyuterdan emin-erkin foydalanishni o‘rgandim, qarindoshlar, tanish-bilishlarning hujjat ishlarini qilib bera boshladim.

Adashmasam, yozgi ta’tillarning birida o‘sha vaqtdagi mashhur o‘yinlaridan biri GTA ilovasini kompyuterimga yuklab oldim. Ma’lum muddat o‘sha o‘yinni do‘stlarim bilan me’yordan ortiq darajada o‘ynab yurdik. Ammo oradan ko‘p o‘tmay buni ota-onam bilib qolishdi va noutbugimdan bir necha oyga ayrildim. Keyinroq maktab boshlanib, komyuterimni yana qaytarib berishgan. «Jazo»dan, albatta, to‘g‘ri xulosa chiqarganman.

Kichkinaligimdan o‘z kompyuterim bo‘lgani va unga juda qiziqanligim sababli maktabning yuqori sinflarida, ayniqsa, informatika fanidan a’lochi o‘quvchi bo‘lganman. Hatto informatika fanidan «Bilimlar bellashuvi» va fan olimpiadalari tanlovlarida shahar, viloyat bosqichlarida birinchi o‘rinni egallaganman. Bunda o‘sha vaqtdagi fan o‘qituvchimiz Muhayyo opa Mahmudovaning xizmatlari katta. Maktabni bitirish paytida fan olimpiadasi qoida va talabiga muvofiq Pascal, Delphi, (HTML) kabi dasturlash tillarini mukammal o‘zlashtirganman. Shular orqali dasturlash olamiga kirib keldim.

Noto‘g‘ri qaror qabul qilmaganimga amin bo‘lyapman
Abituriyentlik vaqtim, kunlarning birida, televideniye orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi haqidagi ko‘rsatuv efirga uzatilayotganini ko‘rib qoldim. Unda aytilishicha, Toshkentda Hindistonning Amiti universiteti ochilarkan. Men qiziqib qoldim. Darhol internet orqali Amiti universiteti to‘g‘risida ma’lumotlar qidira boshladim. Universitetning reytingi, bitiruvchilari qilgan ishlar va erishgan yutuqlari meni ushbu universitetga yetakladi. Astoydil tayyorgarlik ko‘rdim va 2019 yil universitetga qabul qilindim.

Amiti universitetida o‘qishni boshlab, ochig‘i, noto‘g‘ri qaror qabul qilmaganimga amin bo‘lyapman. Chunki oliygohimizdagi muhit boshqacha, ya’ni rahbariyat vakillari, o‘qituvchilar talabalar bilan hamisha do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Ulardan biror nimani so‘rashga, qandaydir muammongiz bo‘lsa aytishga tortinmaysiz. Yangi universitet bo‘lganligi uchun sharoitlari haqida aytmasam ham bo‘laveradi.


OAVda IT-chiqishlarni ko‘paytirish kerak
Hozirgi kunda dasturlash sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, hududlarimizda IT-parklar ochilayotganidan yosh dasturchi sifatida chindan xursandman. Biroq har bir viloyatda IT-parkni ochgan bilan soha o‘z-o‘zidan rivojlanib qolmaydi. Buning uchun avvalo odamlarimizning ongida dasturlash borasidagi tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish kerak. Kuzatishlarim bo‘yicha, axborot texnologiyalari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari yetarlicha emas. OAVda maqolalar, media-kontentlar son va sifatini oshirish lozim. Albatta, internet qamrovi va tezligini ham.

100 ta foydali ilova ishlab chiqmoqchiman
Shu kunga qadar bir nechta dasturiy mahsulotni muvaffaqiyatli amalga oshirdim. Xususan, huquqiy mavzudagi va shoir-yozuvchilar hayotiga bag‘ishlangan interaktiv mobil ilovalar yaratishda ishtirok etdim. Hozirgi kunda turizm yo‘nalishi bo‘yicha mobil ilova yaratish ishlarini olib boryapman. Ushbu mobil ilova O‘zbekistondagi barcha turistik manzillar, sayyohlar uchun qulay manzillar va foydalanuvchilar uchun bir qator tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.

Albatta, bular bilan to‘xtab qolish niyatim yo‘q. Yaqin 5 yilda kamida 100 ta foydali va ommabop mobil ilova ishlab chiqmoqchiman.

Bakalavr bosqichini yakunlab, magistraturani AQSHda o‘qimoqchiman. Bu Qo‘shma Shtatlarda ishlab tajriba orttirishimda ham qo‘l keladi. Keyin O‘zbekistonga, o‘zim tug‘ilib o‘sgan Samarqandga qaytib, yoshlarga dasturlashni o‘rgatmoqchiman.

Nurillo To‘xtasinov suhbatlashdi




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Oyiga 5 000 – 7 000 AQSH dollarigacha daromad topyapman!..» Frilanser Sardor Islomov bilan suhbat 25 okt, 23:30
  • Tik Tok avgustda dunyoda eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi 10 sen, 07:00
  • Kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi 05 avg, 12:57
  • Vaqtida saqlanmagan Word faylini qanday qilib qayta tiklash mumkin? 02 okt, 02:36
  • Apple Android’dan iOS’ga o‘tishga mo‘ljallangan ilova yaratdi 09 iyun, 16:26
  • Yangi GTA’ni kompyuterlarga yuklab olish imkoniyati paydo bo‘ldi, ammo u taqdimotga qadar ishlamaydi 08 apr, 11:29
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 111
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 194
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 211
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 278
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 257
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 240
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 468
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 456
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 420
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 354
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 630
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 391
  • Bo‘limlar