“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozasi olib kelindi

17 mar, 10:30 1 612 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozasi olib kelindi Ushbu vaksinalarni yetkazib berish Epidemiyalarga tayyorgarlikni ta’minlash maqsadida innovatsiyalar uchun koalitsiya (CEPI), Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans (GAVI), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF)dan iborat bo‘lgan COVAX global hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston GAVI tashkilotining COVAX dasturiga a’zo davlatlar qatoriga kiradi. Shu bois, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil yanvar oyida koronavirusga qarshi emlash uchun vaksina yetkazib berish yuzasidan GAVI tashkilotiga buyurtma berilgan edi», — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botir Qurbonov.

Ushbu hamkorlik doirasida yil oxiriga qadar mamlakatga umumiy mikdorda 20 foiz aholini emlash uchun yetarli darajada vaksina, shprits va xavfsiz utilizatsiya qutilari yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. COVAX fondi hisobidan O‘zbekistonga 2 million dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasini yetkazish, shundan 2021 yil I chorakda 35-40 foizini, qolgan qismini II chorakdan dunyo bo‘ylab vaksinalarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

«Bugun olib kelingan 660 ming doza vaksinalar COVAX O‘zbekiston uchun ajratgan 2 million doza vaksinalarning birinchi qismidir. Vaksinalarning qolgan qismi yaqin oylarda yetkazib beriladi.

Ushbu vaksinalar bilan respublikamizda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlanadi va bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Yil boshida mamlakatimizda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni amalga oshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzildi. Sog‘likni saqlash vazirligi hamda YUNISЕF va JSST bilan hamkorlikda respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni amalga oshirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, aholining yuqori xavfga ega qatlamlari belgilanib, ularni emlash uchun 3 ming 138 ta emlash punktlari, hamda 862ta mobil brigadalari shay holga keltirildi.Albatta, ushbu tadbirlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashni samarasini oshirish, aholi salomatligini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda
», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Covid-19’ga qarshi emlashni amalga oshirishga tayyorgarlik uchun YUNISЕF Toshkentdagi «Milliy» stadionida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati uchun 17ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206ta Miniven-Labo avtomobillarini topshirgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 246
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar