“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:25
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi

09 mar, 21:35 1 621 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chog‘ida o‘tgan yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda navbatdagi sammitni mamlakatimizda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimizda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Faol hududlararo muloqotni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surishdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy sheriklik, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 0
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar